Предыдущая публикация
Jayronko'zim, qirlarda qolgan ohum.
Qo'lim tegmay to'kilgan qizg'aldog'im,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Kelar bo'lsang, yo'lingga gul to'shardim,
Sen Layliga, men Majnunga o'xshardim,
Bu dunyoda hijron yo'q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Tushlarimda yig'larsan goh bag'ri qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo'ldik armon,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog'im,
Jayronko'zim, qirlarda qolgan ohum,
Qo'lim tegmay to'kilgan qizg'aldog'im,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев