Sevgilim,
Og'riydi dilim.
Jonim og'riyverar sizni o'ylasam.
Gulday yuzinggizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz - yo'qmi o'shal dam...
Bulutlar ko'k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug' dunyoda,
Sizni o'ylamasdan yasharman qanday?
Ko'nglim ayvonida kuz hushtak chalar,
Ko'zimdan yosh bo'lib yog'adi yaproq.
Do'stlarim - takabbur shoirvachchalar
O'zlarin sevishar yoridan ko'proq.
Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag'rimda begunoh bir gul so'ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari,
Tuproqqa ag'anab yotgim keladi!..
Sevgilim,
Sevgilim,
Og'riydi dilim.
Jonim yomon og'rir sizni o'ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi-yo'qmi o'shal dam.
Bilmayman,
Bilishni istamayman ham,
Bilganim - menga baxt nasib etmadi.
Yillar o'taverdi, ko'zim o'ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi...
Dunyo omon bo'lsin,
Siz bo'ling omon,
Omadli bo'ling siz.
Baxtli bo'ling siz.
Lekin,
Bilib qo'ying,
bilib qo'ying hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев