Предыдущая публикация
Uyqu bermas asov xayollar.
Asablarni betin burg‘ulab,
Qiynayverar o‘jar savollar:
Kimsiz o‘zi... nega har alam-
Dardim sizga so‘ylayveraman.
O‘z tashvishimi yetib ortsa ham,
Nega sizni o‘ylayveraman.
Garchi Sizni ko‘raman har kun -
Fursat yeldek uchar... g‘alati:
Sizdan ayro damlarda nechun
Vaqt ham hatto oqsab qoladi?
Goho sizni qilib ehtiyot,
O‘zni o‘tga uraman ming bor.
Begonasiz menga yetti yot,
Ammo, sizdan yaqin kimim bor?
Qo‘l siltadim gohida hissiz,
Suluvlarga parvoyim yo‘qday.
Nega o‘tli nigohlaringiz
Sanchiladi bag‘rimga o‘qday?
Sizni taqdir duchor qilgani
Musibatmi, omadimmikini?
O‘ylashga ham qo‘rqaman, yana...
Sizni sevib qolmadimmikin?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев