Selyodka balig`i
300 gr
Lavlagi 100 gr
Sabzi 100 gr
Piyoz 100 gr
Tuxum 4 dona
Mayonez 100 gr
Qaynatilgan sabzi va lavlagini katta
tishli qirg`ichdan o`tkazasiz. So`ng
mayonez bilan aralashtirasiz. Piyozni
mayda to`g`rab, qaynoq suvga solib
qo`yasiz. Qaynatilgan tuxumning
sarig`i oqidan ajratilib, to`rtburchak
shaklida to`g`raladi. Selyodkani
tozalab suyaklaridan ajrating. Baliq
sho`r bo`lsa, damlangan choyga
botirib qo`yiladi. Salat idishga avval
piyoz, ustidan baliq bo`laklari, keyin
mayonez aralashtirilgan sabzi va
lavlagini tekis qilib taxlanadi. Eng
yuqorisiga tuxumning oqi va sarig`ini sepasiz. Ta`bga ko`ra sarimsoq ham qo`shish mumkin.
Tayyor salat ko`katlar bilan
dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaxa.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев