Sog'indim Deymanu Bora Olmayman,
Sevaman Deymanu Erkalolmayman.
Qo'llaringdan Ushlab Bir Qucholmayman,
Sog'inganim O'zingsan - Sevganim O'zing.
Yuragim Sevadi Voz Kecholmaydi,
Seni So'zlaringni Unutolmaydi.
Yonimda Yo'qliging Qalbim Tirnaydi,
Barbir Sevaman - Sevaveraman.
Bahor Gullariga O'xshatar Edim,
Seni Sog'inganda Gulni Quchardim.
Sevgan Edim Men Seni Bahor Faslida,
Sevmadingmi Sevgilim - Seva Olmading.
Yomg'ir Yog'ayapti Boshimdan Hamon,
O'tmoqdadir Kunlarim Bahorim Armon.
Seni Izlaganda Topmasam Gumon,
Sog'inganim Kelmading - Sog'inib Meni.
Ko'zlarim Yoshlandi Qarab Yo'lingga,
Odamlar Aytardi Qara O'zingga.
Kutaverib Qolmadi Tanamda Darmon,
Ketmog'im Gumondir - Kelmog'ing Armon.
Haliyam Yog'yapti O'sha Yomg'irlar,
Yuzlarimni Silaydi Tomchi Shabnamlar.
Sevganimni Biladi O'sha Yomg'ir Ham.
Nechun Sen Bilmading - Bila Olmading.
Ortimdan Yuradi Go'zallar Hamon,
Sevolmayman Ularni Qalbimda Sensan.
Men Seni Izlayman Izlarman Sarson,
Lekin Topolmayapman - Izlaring Hamon.
Balki Guldek Ko'nglingda Sevganing Bormi,
Balki Taqdirimda Sen Emas Boshqa.
Ortga Chekinmayman Seni Topaman,
Seni Yuragingga - Bir Kun Kiraman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев