Dilni tig'day nimtalab chertgan. Dardli kuyi samoga yetgan. Oshiqlarni ajratib ketgan.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Kimlar o'ynar, kimga bu azob.
Kimdur quvnoq, kim xasta, xarob.
Chin sevgiga abadiy sarob.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Kuymas, ishqning so'nggi savoli.
Oshiq qalblar zulmi, uvoli.
Muhabbatning qabri, zavoli.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Yor deb, yorni yig'latib ketar.
Yor deb, bag'rim tig'latib ketar.
Yor deb, o'zga visolga yetar.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Cheksiz azob taqdirning zarbi.
Dilda ishqning alamli gardi.
Bugun sezdim bu kuyning dardi.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Kuylang to'lib, soylardek toshib.
Kuylang mening dardlarim
qo'shib.
Aza kunim aytilgan qo'shiq.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Yorim aldadimi yoki aldashdi?.
Balki sevganimni atay tanlashdi.
Meni ishq shaxridan quvib
haydashdi.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Yor-yor demang, yor desam men
jonim chiqar.
Alam, xijron rashk ko'ksimga
xanjar
tiqar.
Ming siqilgan yuragimni battar
siqar.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Yashamoqdan yurakkinam to'yib
ketgan.
Sevganimni jon jonimdan yulib
ketgan.
Qancha oshiq chidolmasdan o'lib
ketgan.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Haqiqat gap, gapning to'g'risi.
Bu azobdan oxir o'laman.
Faqat baxtmas, hayot o'g'risi.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев