Предыдущая публикация
xislarimni o'ynama
boshqa yorni o'ylayman deb
meni buncha qiynama.
So'zlar bilan jonim olding
ko'zlar bilan o'tga solding
yuzlar bilan esda qolding
meni buncha qiynama.
Bir jilmayib boqib ketding
dilimga o't yoqib ketding
qoshlaringni qoqib ketding
endi buncha qiynama.
Ikki yuzing anor qilib
sevishingni bekor qilib
ko'zlaringni xumor qilib
OTASHingni buncha qiynama.
Yuragimda bitta tilak
menga shirin so'zing kerak
sevgan yorim o'zing malak
meni buncha qiynama.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев