Orzularim bahridan o'tdim.
Seni bahting tiladim biroq,
Men o'zimga achinib ketdim.
Ko'nglimga qil sigmadi bugun,
Armonlarga qo'limni tutdim.
Seni yor yor olib ketgan kun,
Yuragimga achinib ketdim.
Muhabbatim qoldi dilimda,
Aytar so'zim qotti tilimda.
Bahtim emas ekan qo'limda,
Zor ko'nglimga achinib ketdim.
Aytolmadim senga biror so'z,
Dardlarimni ichimga yutdim.
Yor ko'changni kezganda yolgiz,
Ho'rligimga achinib ketdim.
Togday orzu eding, qulading,
Armon bo'lib dilda gullading.
Gulim, menga bahtlar tulading,
Himmatinga achinib ketdim.
Senga bahtlar tilaganlar ko'p,
Senga tahtlar tilaganlar ko'p
Mensiz bahtli bo'larmikin deb,
Keragimga achinib ketdim.
Qo'l siltadim bugun bariga,
Hislarimni daryoga ottim,
Cho'kib ketgan suvning qariga,
Tuygularga achinib kettim,
Yuragimga to'lganda firoq,
Men sen uchun yana wer bittim.
Quvonchidan qaygusi ko'proq,
So'zlarimga achinib ketdim.
Navzod Hamro
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1