" Sarobdan yaralgan baht " (Telba shoir hayoti) Hechkim bahtidan ayrilmasin do'stlar.
Bir qishloda soddagina shoir yigit yashardi. U yigit, ota onamga ozroq foydam tegsin ro'zgorga qiynalmasin deb shaharga ishlab pul topishga borardi. Shunday kunlarni birida bir chiroyli shaharlik qiz bilan tanishib qolibdi va unga sheriyatga qiziqishini o'zi ham sherlar yozib turishi aytdi. Shahalik qizga sherlari yoqib qolib ular do'st bo'lishibdi. Oradan oylar o'tib sekin asta do'stlik muhabbatga aylanibdi. Ular kam ko'rishardi lekin telelefonda uzoq suhbatlashardi kechalari bilan shirin shirin hayollar surishardi. Yigit qizga bir so'zni ko'p takrorlar edi:"to'y kuni seni oppoq kelin libosida ko'rsam chiroyli ko'zlaringa qarab ko'nglimdagini sher qilib senga aytaman"
Chunki shoir yigit sevgan qizini o'ylaganida doim oppoq libosda tasavvur qilardi. Lekin kutilmagan qo'ngroq uni yuragini vayron qildi:
yigit: alo?
Qiz: Assalomu alaykum mani tanidizmi? Barnoni dugonasiman Mohira.
Yigit: tanidim tanidim yahshimisiz?
Qiz: rahmat, dugonam bir gapni aytib qo'yishimni iltmos qilgandi. U turmushga chiqyapti.
Yigit: nega ahir meni sevardiku?
Qiz: uni uyidagilar qishloqqa berishmas ekan keyin kuyov obro'li honadondanligi uchun ota onasi rozilik berishibdi bir oydan keyin to'yi... Yana shuni iltmos qildiki toyiga bormas ekansiz chunki menga oppoq libosdagi orzulariz haqida aytib berdi sizni u kuni gamgin qiyofada ko'rishni hohlamas ekan.
Yigit bildiki hammasi tamom u sevgan qizini dugonasiga mayli dediyu lekin uni oq libosda qanday kelin bo'lishini ko'rishni judayam hohlagani uchun borishga qaror qildi. To'y kuni ham keldi. Yigit to'yhonaga kirib bo'rarkan hech kimga etibor qilmasdi faqat bittayu bitta orzusi sevgan qizini oq libosda ko'rish uchun krib borardi. To'yhohani bir chetida kelinga ko'zida yosh bilan termulib turganini ko'rgan kelinni dugonasini hayoliga bir fikr keldi va to'yhonadagi suhandoni yoniga borib bir yigitni davraga tabrik uchun chaqirishini u yigit shoirligini va undan bir sher o'qib berishligini iltimos qlishni so'radi va uni davraga taklif qilishdi. Shoir yigit ikki yoshga kelgusi hayotlarida ulkan zafarlar tiladi va eng so'ngi sherini o'qiy boshladi.
Muhabbatni savdo qilgan,
Bozorlarda alamim bor,
Yuragimni ado qilgan,
Ozorlarda alamim bor.
Bunda taqdir hato qilgan,
Shoh ko'ngilni gado qilgan,
Yorni yordan judo qilgan,
Yor-yor-larda alamim bor.
Ey yoronlar bo'lmang hayron,
Meni bagri dilim vayron.
Dimoglari osmon osmon,
Kiborlarda alamim bor.
Ko'ngil dardin davosi yo',
Yurak yiglar ovozi yo'q.
O'sha dilda vafosi yo'q,
Dildorlarda alamim bor.
Ko'ngli togdek o'sib ketgan,
Yuragimni ezib ketgan.
Bahtim yo'lin to'sib ketgan,
Viqorlarda alamim bor.
Bu alamli dunyosida,
Muhabbat bir ro'yosida.
Bugun Majnun qiyosida,
Laylolarda alamim bor.
Hozirgina kelin kuyovni bahtini olamga jar solayotgan to'yhona bir lahza sukut ichra qolgan edi. Alamini ichiga sigdira olmagan shoir yigit bu yerga begonaligini bilardi. Ikki yoshga yana bir bor baht tiladida ko'zida bir tomchi yosh, qalbida esa ummon ummon yoshlar bilan to'yhonani tark etdi. Katta yo'lning chetida boshini egib ketayotgan bu yigitni yuragida qanchalik dardi ogirligini unga karagan har qanday odam sezishi mumkun edi. U yana sher yozdi:
Sen yolgiz qoldirib ketguncha,
Gamlarga to'ldirib ketguncha.
Umidim O'ldirib ketguncha,
O'ldirib ketganing yahshidi.
Hayolim sen bilan erta kech,
Kunlarim umrimning naqshiydi.
Yashagim kelmaydi sensiz hech,
O'ldirib ketganing yahshidi.
Armonga aylandi bu tilak,
Azobdan qiynaldi zor yurak.
Sensiz bu dunyolar ne Kerak,
O'ldirib ketganing yahshiydi.
Qalbimni azobga to'ldirib,
Yuribsan kimlarni kuldirib,
O'ldirib ket men O'ldirib,
O'ldirib ketganing yahshiydi.
Lekin u qalbidagi so'zlarni qogozga yozmadi chunki bu alamli so'zlar har bitta ohangi bilan uning yuragiga joylashgan edi. Oshiq yigit Shahardan uncha uzog bo'lmagan qishlogiga kirib kelganida asta tong ota boshlagan edi. Darvoza ochigligidan bildiki onasi uygoq. Asta chirogi yoniq honasiga kirdi, honasida esa onasi bilan singlisi uni kutib o'tirishgan edi. Oglini Majnunsifat ahvolini ko'rgan ona unga hozir biror so'z aytish ortiqchaligini sezdi chunki akasini nima sababdan qayerga ketganini singlisi onasiga aytgan edi. Bechora ona... Qizlarni bevafoligiyu taqdirni nohaqligidan ogringanicha aybdorlardek boshini egib turgan o'gliga nima deyishni bilmasdi. Asta o'glini boshini siladida"Yotib dam ol charchagansan"dedida honasiga kirib ketti. Akasini shu kungacha faqat shodliklariyu bahtiyor kunlariga sherik bo'lgan erka singlisi esa bunday paytda akasiga qanday dalda bo'lishni bilmasdi. Gamgin ahvolda turgan akasiga qarab: akajon endi shaharlik qizlarni sevmang"dediyu o'zini gapidan o'zi uyalib ketti. Akasi biror so'z demasligini bilgan singil ham akasi yolgiz qoldirib asta honadan chiqib ketti. Oshiq yigit uchun ogir kunlar boshlandi. U shu darajada o'zgardiki bu o'zgarish butun qishlogiga ovoza bo'ldi. Ko'chada yurganda hammaga salom berib, o'ynab yurgan bolachalarni ham gapga solib o'tadigan yigit doim boshi egik hech kim bilan gaplashmas gamgin qiyofada yuradigan bo'lib qoldi. Uni bu ahvolidan hovotrga tushgan ota onasi yqinlarini maslahati bilan uylab qo'ymoqchi bo'lishdi lekin u uylanishni istamayman deb so'zida qatiy turib oldi. O'glini kundan kun horginlashib borayotganini ko'rgan ota onasi battar siqilardi. Bir kuni yigitni oldiga do'sti kirib keldi va undan hol ahvol so'ragandan keyin do'stiga dedi: Do'stim men senga ko'p gapirmoqchimasman, to'gri hozir senga ogir lekin ota onanga undanda ogirroq. Meni kelinoyim doktor bilasan. Kecha onang chiqqan ekan qon bosimi ancha baland emish, ko'zlaridan sezilib turipti sendan kam qiynalganlari yo'q. Agar ularga birornima bo'lsa sen Hudoni oldida gunohkor bo'bqolasan keyin o'zingni kechira olmasliging mumkun. Men ko'nglimdagini aytdim yana o'zing bilasan. Mayli do'stim men seni avvalgi holingda ko'rgim kelyati. Ertaga yana kelaman. Ertasiga judayam avvalgidek bo'lmasada anchayin ochiq chehra bilan do'stini kutib oldi va uylanishga qaror qilganini aytdi. Bu habardan yigitni onasi bolalarcha quvonib kelin izlashga tushib ketti. Lekin uchrashuvga chiqqan yigit qizlarga, bir qizni sevganini uni unutolmayotganini va ota onasini hohshi bilan uylanmoqchligini aytardi. Bu so'zni eshitgan qalbida orzu havasi bor, sevib sevilishni bahtli yashashi hohlagan qizlar albatta rad gavobini berishardi. Shu alfozda yana bir yil o'tti. Bir kuni akasiga qo'shilib yuzidan quvonchini yo'qotgan erka singilga telefon kerak bo'lib qolib akasini honasiga kirdi akasi yo'q lekin telefon televizorni yonida turardi. Akasini telefonidan togasini nomerini izlayotgan edi bir raqamga ko'zi tushdi qizbola ism... Kim bo'lishi mumkun? Ha esladi bu Barnoni dugonasi Mohira. Nimagadir u bilan tanishib gaplashisi keldi va telefon qildi.
Alo...
Alo, assalomu alaykum siz Mohira opamisiz? Barno opani dugonasi?
Ha, kim bu? Uzr tanimadim.
Mmen, haligi Shoir akani singlisi bo'laman.
Ha...tanidim tanidim akez yahshimila? Telefon ham qimidila bir yildan oshdi gaplashganimizga. Biz yahshi do'st edik akez bilan. Ijodlari yahshi ketyaptimi? Kitobi chiqmadimi?
Akam Barno opani to'yidan keyin judayam o'zgarib ketgan. Sher ham yozmayapti.
Essiz uni sherlarini judayam yahshi ko'rardim kitob javonimga saqlab qo'yganman shoir akani sherlarini. Uylanmadilarmi?
Yo'q, siz chiqdizmi turmushga?
Yo'q, Shahzodamni kutyapman.
Ilohim o'z shahzodangizni toping opajon. Biz ham akamni ulamoqchi bo'lib...
Ular ko'p suhbatlashishdi singil akasini uylamoqchi bo'lganlarini ham hammasini aytib berdi. Ular huddi avvaldan tanishlardek suhbatlashardi va suhbat so'ngida:
Opajon sizga yana tel qilib tursam maylimi? Ancha ko'nglim yorishdi suhbatlashib.
Mayli, bundan faqat hursand bo'laman. Istasangiz siz bilan opa singil bo'lamiz dedi Mohira.
Singil, yangi dugona hamda opa topganidan hursand edi. Dugonasi esa taqdirni ishlaridan hayratda qolgandi. Hayot esa o'z yo'lida. Faqat singil o'zgargandi yuzida kulgu, doim hursand go'yoki akasini dardlarini his qilmayotgandek. Bir kuni erta tongda onaizor o'glini oldiga kirib: Oglim, muhabbat buyuk tuygu uni har qanday inson qadrlashi kerak lekin unga umr bo'yi aza tutish yahshimas. Inson bu dunyoda yashashi kerak. Biz senga yana bir qiz topdik borib ko'r, agar mayli desang men borib jonimni berib bo'lsa ham ko'ndrib kelaman. Ogil asta boshini ko'tarib mayli oyijon uchrashuv kunini belgilang men roziman. Sizlarni ham ko'p qiynavordim dedi. Hullas uchrashuv kuni belglandi. Soat 11.00 atrofida"Hudoyorhon o'rdasi"da yana bir orzu havasli qizni kutib turgan yigitni ko'zi Barnoning dugonasi Mohiraga tushib qoldi. Mohira to'gri yigitni oldiga kelib:
Assalomu alaykum shoir aka yahshimisiz?
Salom, yahshimisiz Mohira.
Rahmat, bir shaharni aylanib ketiy depsizda
Ha, bir qizni kutib turgandim.
Shunaqa deng, tanisizmi u qizni?
Yo'q
Unda qanday topasiz?
O'zi topib olarkan.
Ha, sizga o'sha qizni ko'rsatiymi?
( yigit hayron bolib ) mayli,
Qarshizda turipti o'sha qiz...
Bu qanday sinoat? bu qanday mo'jiza? Bu qanday ro'y berdi?... Yigitni hechnarsaga aqli yetmas karaht bo'lib qolgan edi. Mohira esa o'sha kecha uhlolmadi chunki hayotning bu tuhfasi uni osmonu falakka olib chiqarib qo'ygan edi. U o'tgan kunlarini bir bir hotirladi. Ha, shoir yigitni u ham sevib qolgan edi ayniqsa Barno unga tegolmasligini aytganida judayam jahli chiqib ketgandi."shuni bilar ekansan unga umid berib nima qilasan keyin bir umr qiynalib yuradi. Unga bor gapni aytb oralarini ochiq qil"degisi kelardiyu keyin shoir yigitni boshqa ko'rolmasligini o'ylab aytmasdi. Aslida Mohira ham Barnodan kam sevmas edi lekin buni aytish ahmoqlik ekanini Mohira yahshi bilardi. To'y ham o'tti ammo Barno to'yga kelolmadi. Bu aniq edi, qanday keladi? Qaysi yuz bilan. Hayot o'zgardi hamma hursand. Kuyov bola ham avvalgidek bo'lmasada ancha o'zgardi. Kelinga mehribon, shirin so'z dardlarini biroz unutgandek edi. Hayot tashvishlari bilan yana bir yil o'tib ketti. Bir kuni bahtiyor qaynona: O'glim, bugun birinchi pensiyamni olaman, bir narsa o'yladim shu birinchi pensiyamga arzonroq bo'lsa ham dadanga bir yakta, singlinga ko'ylak, senga do'ppi, kelinga ro'mol, yaqinda tugilajak nabiramga esa kalyaska omoqchiman. Shuning uchun ertaga shahardan o'zing kalyaskasini obkibersang uni sen yahshiroq tushunasan, men qogan narsalarini o'zim opkelaman. Ertasiga bozordan kalyaskani olgan bo'lgusi dada yo'ldan aylanib u tomonga o'tishga erindimi yoki eski hotiralarmi avtosaroy orqali ketishga qaror qilib o'ziga yaqinroq bekatga keldi. Bu bekat doim shaharga kelganida Barno kutib oladigan bekat edi.
Yana o'sha bekat, yana o'sha yo'l,
Men esa turibman avtobus kutib.
Avval orzu edi, endi armon mo'l,
Yillar o'z yo'lida bormoqda o'tib.
Bu uning hayolidan o'tgan so'zlar edi. Avtobusning oynasiga boshini qo'yib hotiralar ogushida qolgan oshiqni hayolini keyingi bekatda chiqib joy talashgan Fotima Zuhralar chalgitti. Ularga bir qarab qo'ydida begubor, chiroyli qizchalar ekan deb yana o'z hayollari ogushiga garq bo'ldi. Kutilmaganda orqasidagi ayolni : Bizni"Momiq jo'jalar"kafesini yonida tushirib keting"degan gapi uni yuragida eshitilgandek bo'ldi va u shoshib ortiga qaradi... Orqasida esa... begubor qizchalariga termulganicha Barno turardi. Ha bu o'sha Barno. Uni istirobga tashlab ketgan qiz. Ha u chiroyli edi. Hozir yanayam ochilib ketibti... Hayolidan o'tkazdi u. Unga nimalardir degisi keldiyu lekin aytolmasdi bunga uni jurati ham yetmasdi. Barno bo'lsa uni hatto ko'rmadi ham."Muhabbat yolgon"deb hayqirgisi keldi, agar rost bo'lganida meni yonidalimni his qilishi kerak edi. Ammo yolgon bo'lsa men nimaga unutolmayapman nega hamon o'ylayman? Nega qiynalaman? Yuragida yana ogriq sezgan yigitni yana sher yozgisi keldi, sher bilan dilidagi gaplarini aytgisi keldi.
Telbalardek yashash Majnunlarga hos,
Hijronsiz o'tmaydi oshiqni kuni,
Seni unutmadim, ko'nikdim holos,
Seni sevganchalik sevmadim uni.
Zafaron sargaydi yuzimning rangi,
Umrimga o'lchangan ko'ngilning huni.
Meni sendan ortiq u sevsa hamki,
Seni sevganchalik sevmadim uni.
Ko'zlarim kulsa ham yurakda qaygu,
Sohta hushomadlar, sohtadir tuygu,
Yolgondan ya'shamoq ogir ekanku,
Seni sevganchalik sevmadim uni.
Ko'nglimni boglashdi bo'lsin dedi but,
Garchi uning qalbi go'yo tiniq sut,
Men shunday yomonman men shunday noshud,
Seni sevganchalik sevmadim uni.
Netay sensiz menga dunyo bo'lsa tor,
Netay yurak faqat senga intizor.
Yelkamda shunday bir ogir gunoh bor,
Seni sevganchalik sevmadim uni.
Garchi bu so'zlarni Barno eshitmagan bo'lsada uning ko'ngli ancha taskin topgandek edi. Uyida nohush habar kutib turganini bilmagan yigit asta uyiga kirdi. Hech kim yo'q... Hayron bo'ldi u, tugishiga hali bir oy bor edi. Qayerda bo'lishi mumkun ular. Aksiga olib telifonida ham pul qolmapti. Qoshnilar bilishar deb ko'chaga chiqqanida qo'shnisi ularniki chiqayotgan edi. Doktrdan kelyapsizmi? Mohira yahshimi? Bu savoldan titrab ketgan yigit: bilmadim men bozordan kelyapman nima qipti unga? Bilmadim ertalab shoshilinch opketishgan boring unda tezroq, borishiz bilan telefon qivorila bizni uydagilar ham hovotr olib o'tirishibti. Yigit shoshib qoldi. Yuragi shunday tez urardiki hechqachon bunday tez urmagandi, ey Hudo hotinim bilan farzandimni o'z panohingda asra. Hozir qayerga boraman? Ha albattada raddomgada... Raddomni qabulhonasida yuzida hovotr bilan turgan oyisiga: keliniz yahshmi? Dedi hali kirib kelmasidan.
Oyisi: O'glim kelinimni qollari, yuzlari shishganini bilarmiding?
Yo'q, tinchlikmi? Dediyu ( o'zini etiborsizligidan jahli chiqib ketti chunki hotini qo'llari, yuzlari shishgandek, bo'layotganini boshida ham ozroq ogriq bo'layotganini aytganida, bir qarab: beparvolarcha: yahshi, senga shunday tuyulgandir degan edi. ) Hozir esa qanchalik"razil"bo'lganlidan o'zini qargadi. Shu payt bir ayol chiqib oyisiga: Kelinizni qon bosimi tushmayapti bugun kimdir yonida qolish kerak. Men qolaman dedi yigit, chunki oyimni ham tez tez mazalari qochib turadi singlimni esa o'qishi bor. Unda qabulhonada yotasizda tez tez habar olib turasiz hotiniz alohida honada bo'lsa ham yon honalar o'rtasida deraza bor boshqa ayollarga ko'ziz tushib qolishi mumkun dedi hamshira ayol. Bu yerga uyqu begona ekan. Kimdi birinchi farzandini kimdir ikkinchi kimdir uchunchi. Hamshira qizlarning:"Dadasi suyinchini cho'zing"yoki"qiz kutganmidiz to'grisini ayting"degan gaplari insonni yuragini yoritardi. Darvoqe, u o'gil ko'rishni istaganmidi yoki qiz? Siz o'gil ko'rishimizni hohlisizmi yoki qiz deganida: Hudoni berganida degandi. Shunchalik gunohim ko'p edimi? Hayolidan o'tkazdi yigit. Ishqilib soyaib ketsin. Oradan besh kun o'tti bu orada yigitga bosh vrachdan toki farroshgacha hamma tanish bo'lib ketishgandi. Beshinchi kechada soat chamasi 23.00 atrofida bosh vrach uni honasiga chaqirib:
Ukam bir gap aytishim kerak hotinizni qon bosimi tushmayapti chaqaloqni atrofiga suv yigilib qogan uni jarohlik yo'li bilan olish kerak bo'lmasa bola chiniqib qolishi mumkun. Shunga sizlardan hat yozdirib olishimiz kerak.
Nima deb yozaman uni? Hozir siz hotiniz bilan keyin ota onangiz bilan maslahatlashing ertalab kaplashamiz? Yigit asta hotinini yoniga kirdi hotini esa ko'zida yosh bilan:"aperasiya"qildirmisiza? Shundek dorilar bilan tuzatasiza? Agar bolamni'vakum"ga qoyganda svet o'chib qosa bolam o'lib qolarkan. Unday qimisiza?... U nima diyishni bilmasdi. Hechqachon bunday nochor ahvolga tushmagan edi. Hammasi yahshi bo'ladi dedi hotinini qo'lidan ushlab. Men shu paytgacha ko'p hato qildim endi hato qilishga haqqim yo'q. Ilohim Hudo menga to'gri yo'l ko'rsatsin. Ertalab"Fargonadan tekshiruv bor ekan"degan habar raddomni oyoqqa turgazdi. Ikkita hamshira bilan kirib kelgan kamissiya ayol erkak kishini ko'rib: bu kishi nima qilyapti?
Hotiniga qariydigan odam yo'q ekan qarab turipti.
Nima qildi sizga deb bemorga yaqinlashdi ayol. Va bemorni qon tomirini tekshirib: bu ayolni hozir tezda Fargona viloyat tugruqhonasiga jo'natilar qancha tez bo'sa shuncha yahshi.
Buni jarohlik honasiga opkirmoqchi edik bugun.
Qanaqa jarrohlik, tezda fargonaga jo'nating...baqirib berdi kamisiya ayol. Yigit uyiga telefon qildi ota onasi mahalladan bitta hamshira olib keldi va fargonaga olib ketishdi. Fargonada bemorni tekshirgan ayol: keliniz yahshi ozroq davlena chiqipti manabu ikita dorini olib kesez ertaga Hudohohlasa yahshi habar eshitasiz onajon. Bu so'z hovotrdan ado bo'lay degan yuraklarga umid bergandek edi. O'glim sen uyga borib singlinga ayt, oyim aytgan narsalarni tayorlab qo'yarkansan desang o'zi biladi. Ha, bu kecha ular uchun oson bo'lmadi. Tong otti, vaqt esa to'htab qolgandek go'y. Har bir minutda telefoniga qarab qo'yadidan yigit smslarini ham tekshirib qo'yadi. Va nihoyat kutilgan qo'ngiroq:"Oglim, o'gilcha muborak". U qayta tugilgandek edi. Ollohim, hammasi uchun rahmat dedi u. Ayolini yonida jajji o'gilchasini bagriga bosib kelayotgan shoir yigit yana sher yozdi.
O'ylardim, unutib bo'lmaydi seni,
Ko'tarib yashayman armonim yukin.
Bugun bahtim degim kelyapti uni,
Men seni unutib boryapman sekin.
Ko'nglimda hayajon dilimda titroq,
Ilk sevgim bandidan uzulgan yaproq.
Uni o'ylayapman men endi ko'proq,
Men seni unutib boryapman sekin.
U meni taqdirim u meni bahtim,
Bagrimda guldayin ochildi gulgun.
Ko'ngillar boglandi boglandi ahtim,
Men seni unutib boryapman sekin.
Nogahon yo'limdan kelganingda duch,
Ishon hotiralar qiynamaydi hech,
Endi barisi kech endi bari kech,
Men seni unutib boryapman sekin.
Bilmadim dardimga yillar davomi,
Dilimga tutashgan dillar davomi.
Hayotim davomi umrim davomi,
Men seni unutib boryapman sekin.
NAVZOD HAMRO
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев