Uni, shuningdek, “shayton dengizi”, “Atlantika qabristoni”, “qarg‘alganlar dengizi” deb ham atashadi. Ana shu nomlar orasida eng ommalashgani “Bermud uchburchagi” bo‘lib qoldi. Lekin nega endi Bermud? Axir Bermud orollari bu uchburchak tepaliklaridan biri, xolos. Qolaversa, hudud markazida ham joylashmagan. Ehtimol, ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan Bermud orollari atrofida sodir bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham ancha ifodali va jarangdor ekanligi bunga sabab bo‘lgandir? Xullas, “Bermud uchburchagi” so‘zi iste’molga o‘zining fonetik qiymati tufayli kirib kelgan, deyish asosliroq bo‘ladi.
Mazkur hudud sohillarining relefi yaxshi o‘rganilgan, ular neft va boshqa foydali qazilmalar izlab bir necha bor qazilgan. Yilning turli davrlarida suv oqimi, uning tuzlilik darajasi va harorati, okean ustida havo massalarining harakati – barcha tabiiy ma’lumotlar o‘rganilib, maxsus kataloglarga kiritilgan. Bu hudud shu kabi boshqa geografik joylardan unchalik jiddiy farq qilmaydi.
Sirli olovlar va G‘alati Halokatlar
Dengizchilar Bermud uchburchagini turlicha atashadi: “ajal uchburchagi”, “falokat keltiruvchi dengiz”, “Atlantika qabristoni”. Ko‘p asrlar davomida sayohatchilar tasodifan bu joyda ba’zan sirli sokinlikka, ba’zan esa dahshatli bo‘ronlarga duch kelishgan. Xristofor Kolumb ham, ummonning mana shu qismiga kelganida, o‘zining kema jurnaliga qiziq dalilni yozib qo‘ygan: guruh a’zolari suvda o‘ziga xos, nurlanuvchi dog‘lar suzib yurganini ko‘rishgan. Bu sirli yog‘dular – ko‘pikka o‘ralgan nurlanuvchi dog‘larni hozirgi kunda ham kuzatish mumkin. Ba’zan bu nurlanish shu darajada kuchli bo‘ladiki, uni hatto kosmosdan ko‘rish mumkin. “Apollo-12″ fazoviy kemasida uchgan amerikalik astronavtlarning hisobotida ko‘rsatilishicha, start payti ular Bermud uchburchagi hududida g‘ayrioddiy lipillagan yog‘duni ko‘rishgan. Mazkur xavfli zonada bo‘lganlar ham g‘alati sukunatlar, suv o‘ramlari va tasodifiy dovullar haqida gapirishadi. Bundan tashqari, barcha asbob-uskunalar bu yerda buzilib qoladi yoki to‘g‘ri ishlamaydi, kompas millari g‘irillab aylanaveradi; uchuvchilar ob-havoning to‘satdan yomonlashganini ko‘rishgan. Sirli o‘zgarishlar boshlanishidan burun esa ufqni g‘alati sariq tuman qoplab olarkan.Bermud uchburchagi ba’zan dengiz va havoda haqiqiy xavf tug‘diradi. Bu joy Yer yuzidagi kompas to‘g‘ri ishlamaydigan ikkita hududdan biridir. Buning natijasida esa kema va samolyotlar noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanishi, bu haqda komanda a’zolari umuman bilmasligi mumkin. Balki aynan shuning uchundir, bu yerda hatto dengiz jonivorlari ham g‘alati: baliqchilar bir necha bor g‘alati hodisaga – to‘nkarilgan (qorni osmonga qaragan) holda suzayotgan baliqlarga duch kelishgan.
Arvohlar
Bermud uchburchagi 1840 yildanoq mudhish nom chiqara boshlagandi. O‘shanda Bagam orollari poytaxti – Nassau porti yaqinida fransuzlarning “Rozali” nomli yelkanli kemasi paydo bo‘lib qolgandi. Uning barcha yelkanlari ko‘tarilgandi, hamma asbob-uskunalar soz edi, biroq kema guruhi yo‘q edi. Uni ko‘zdan kechirishganida aniqlandiki, kema ajoyib, soz holatda, hech qanday shikastsiz, yuki ham joyida ekan. Lekin ekipaj qayoqqa g‘oyib bo‘lgan? Kema jurnalida ham, ishning mohiyatiga aniqlik kirituvchi birorta yozuv topilmadi. “Bermud uchburchagi” atamasi qachonlardir dengiz sirlari haqida yozuvchi amerikalik adib Vinsent Gaddis tomonidan o‘ylab chiqilgandi. U shunday yozgan: “Floridadan Bermud orollariga, u yerdan – Puerto-Rikoga va keyin yana Bagam orqali Floridaga xayolan chiziq torting. Kema halokatlarining ko‘pchilik qismi aynan mana shu uchburchakda sodir bo‘ladi”. Reportyorlar ham, ko‘pchilik kemalar halokati yoki g‘oyib bo‘lishini tavsiflashda “Bermud uchburchagi” atamasini qo‘llashga harakat qilganlar. To‘g‘ri, bu hol sirli va xavfli “uchburchak” bilan aloqador ko‘pchilik jumboqlarning yechimini bermaydi. Masalan, Britaniyaning “A
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев