Dunyo lazzatini deyotgan chog'ing
Joningni olgani haridor kelsa
Joningni tortishmay berolasanmi?
O'limga tayyorman deyolasanmi?
Dunyo bilimini suv qilib ichding
Javobin topmagan yo'qdir savoling
Mening ku sen uchun bitta savolim
O'limga tayyorman deyolasanmi?
Tayyorsan dunyoni sotib olmoqqa
Tayyorsan tog'lardek qasr qurmoqqa
Birgina savolim yurgin chetroqqa
O'limga tayyorman deyolasanmi?
Dunyodan pinxona gunox qilarsan
Nomim naqtashar deb savob qilarsan
Savobing tog'deku riyo qilarsan
Bir savobni xolis qilolasanmi?
O'limga tayyorman deyolasanmi?
Ehtimol navqiron yoshdadir yoshing
Ehtimol toshlarni parchalar mushting
Dunyo aldovi aldanma do'stim
Bir kuni yo'q bo'lib ketar jasading
O'limni oldindam ko'rolasanmi?
O'limga tayyorman deyolasanmi?
Erta tong turganda sog' edi joning
Toki kech kirguncha sog'liging mahol
To'satdan oldingdan chiqib bir savol
Bersalar javobin berolasanmi?
O'limga tayyorman deyolasanmi?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев