Предыдущая публикация
Jon jon deya jonim oldilar
Yuragimga armon soldilar
Mexri soxta mexribonlarim
Yöqchilikda yöqlab kelmaslar
Qarindosh yo jigar demaslar
Mening uchun xech kim emaslar
Mexri soxta mexribonlarim
Beklar kabi davron suringlar
Davralarda mag'rur turinglar
G'iybatimni qilmay yuringlar
Mexri soxta mexribonlarim
Köngil izlab közingiz suzmang
Men g'aribni tinchini buzmang
Insoniylik rishtasin uzmang
Mexri soxta mexribonlarim
Yillar yuvib dildagi izni
Yana taqdir uchratar bizni
Mexringizdan aylanay sizni
Mexri soxta mexribonlarim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев