Предыдущая публикация
Men istamay har yoqlarga otdim seni.
Gunohkorman kechirolsang kechir meni,
Yashiraman, ko'rsatmayman unga seni...
Ko'nglim meni, dod deguvchi beozorim,
Yuzi kulgan, o'zi o'lgan qalbim meni...
Tabassuming buncha qimmat dilozorim,
Uni deya berkitaman kechir seni...
Ko'nglim meni, azoblari gulchambarim,
To'yib suhbat qilolmasim, izhorini aytolmasim...
Bechoramsan taralmasim mushk anbarim,
Suyib turib, suyganiga yetolmasim..
Ko'nglim meni, sabring menga mador bo'lar,
Ishon hali u hammadan baxtli bo'lar.
Mayli kimlar seni so'rab kelsa kelar,
Ko'nglim meni, bu kunlar ham o'tar ketar...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев