O'zing yorug' jahonim,
O'zim xoqon, O'zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg'izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O'zing mening ulug'lardan
Ulug'imsan, Vatanim
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o'zing mehri -
Ilig'imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko'ringanni da'vo qilgan,
Ming bir yog'i ochilmagan
Qo'rig'imsan, Vatanim.
Sen Ho'jandsan, Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig'i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko'rgan cho'pon
Cho'lig'imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin - Qurdistonda,
Boburing - Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig' deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to'qson olti
Urug'imsan, Vatanim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев