pushti rangli römolcham bölishini xohlardim.
Shuning uchun, bir kuni otamning chöntagidan
50 sent pul ög'irladim. Otam buni bilib qolgach,
nihoyatda darg'azab böldi. U meni va mendan
uch yosh kichik ukamni devor yoniga turg'azib
qöyib, bambukdan yasalgan xivichni qöliga oldi.
- Pulni kim ög'irladi,- söradi bizdan.
Qörqqanimdan miq etmay turardim. Ikkimizdan
ham sado chiqmagach, otam shunday dedi:
- Yaxshi, hech kim tan olmasa, ikkalangiz ham
kaltaklanasiz!
U xivichni havoga kötarganida, tösatdan ukam
uning qöllariga yopishdi:
- Ota, pulni men olgandim, - dedi u qat'iy
ohangda.
Bir zumda uyni uning badaniga ketma-ket
urilayotgan kaltak ovozi tutib ketdi. Otam
charchaguncha ukamni savaladi va keyin polga
ötirib, unga shuday dedi:
- Halitdan öz uyingdan ög'irlashni örgangan
bölsang, kelajakda qanday yomon ishlar
qilishing mumkinligini öylashga ham qörqaman.
Aslida, ölguningcha urishim kerak edi. Uyatsiz!
Öshanda tun böyi, oyim bilan men ukamning
jarohatga tölib ketgan va qon oqayotgan
tanasini bog'lab chiqdik. Yarim tun bölganida,
men ovoz chiqarib yig'lab yubordim. Ukam
kichkina qöllari bilan og'zimni tösdi va shunday
dedi:
- Opa, boshqa yig'lama. Hammasi ortda qoldi.
Boshqa og'rimayapti...
Haligacha öshanda qilgan ishimni tan
olmaganim uchun vijdonim qiynaladi. Köp yillar
ötgan bölsada, meni himoya qilgan ukamning
kaltakdan qizarib ketgan tanasi köz öngimdan
ketmaydi. Ösha yili ukam 8, men esa 11 yoshda
edim...
Ukam örta maktabni tugatgach, shahardagi
yuqori maktabga qabul qilindi. Shu bilan bir
vaqtda men ham universitetga kirish
imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötdim. Ösha
tunda, otam rosa köp öylanib qoldi, ketma-ket
sigareta tutatdi.
Oyimdan shunday deb sörayotganlarini
eshitdim:
- Ikkala farzandimiz ham yaxshi ball oldimi?
Juda yaxshi ball-a?
Oyimning közlariga yosh quyildi va söradi:
- Endi nima qilamiz? Qanday qilib ularning
ikkisini ham bir vaqtda moliyaviy ta'minlaymiz?
Shu vaqtda tashqaridan ukam kelib qoldi. U
otamning qarshisiga kelib shunday dedi:
- Ota, men öqishni davom ettirishni
xohlamayman. Keragicha öqib böldim.
Otam unga tarsaki tushirdi.
- Shunchalik ham noshukr bölasanmi? Agar
köchada tilanchilik qilishimga tög'ri kelsa ham,
ikkalangizga kerakli pulni topib beraman, toki
öqishingiz tugagunicha...
Keyin otam qishloqdagi hamma eshikni taqillatib
qarz sörab chiqdi.
Ukamning qizargan yuzini silab, unga shunday
dedim:
- Ög'il bolaning öqishi, qiz bolanikidan köra
muhimroq, chunki ög'il bola qachondir bir
oilani boqishi kerak böladi...
Shu bilan, universitetda öqimaslikka qaror
qildim. Ertasi kuni tong saharda ukam bir necha
zarur kiyimlari va ozroq quritilgan loviya olib
uydan ketib qolganligini hech kim sezmay qoldi.
U yostig'im ustida xat qoldiribdi:
- Opa, universitetga kirish oson emas. Men ish
topaman va senga pul yuborib turaman...
Xatni qölimdan qöymay, ovozim chiqmay
qolgunicha yig'ladim... Ösha yili ukam 17, men
esa 20 yoshda edim...
Otam qishloqdagilardan qarz olgan va ukam
sement zavodida ishlab, menga yuborib turgan
pullar evaziga öqishimning uchinchi yiliga ham
yetib bordim. Bir kuni xonamda dars qilib
ötirganimda xonadoshim kirib keldi va
tashqarida meni bir hamqishlog'im
sörayotganligini aytdi. Nega meni
hamqishlog'im qidirib keldi ekan, deb öylab
tashqariga chiqdim va ukamni kördim. Uning
ust-boshi kir bölib ketgan, hammayog'i sement
changiga qoplangan edi. Undan söradim:
- Nega xonadoshimga ukam ekanligingni
aytmading?
U jilmayib qöydi va javob berdi:
- Körinishimga qara. Ular ukang ekanligimni
bilishganida nima deb öylashardi? Ustingdan
kulishlarini xohlamadim...
Közlarimga yosh quyildi. U sezib qolmasligi
uchun egnidag changlarni qölim bilan supurgan
böldim va bög'iq ovozda shunday dedim:
- Menga odamlar nima deyishining ahamiyati
yöq. Körinishing qanaqa bölishidan qat'iy nazar
sen mening ukamsan.
U paketdan kapalak shaklidagi sochga
qadaladigan tög'nag'ichni olib, sochlarimga
qadab qöydi:
- Shahardagi hamma qizlarda shunaqasi bor
ekan. Sen ham taqsang, yarashadi, deb
öyladim...
Ortiq chidab turolmadim. Uning qöllarini
quchib yig'lab yubordim... Ösha yili ukam 20,
men esa 23 yoshda edim...
Yigitimni birinchi marta uyga taklif qilganimda
uyimizning singan derazasi ta'mirlanganligini
payqadim. Hovlimiz ham astoyidil tozalangan
edi.
Yigitim ketgach, oyimning yonida yosh qizlarga
öxshab raqsga tushdim:
- Oyi, hovlini tozalash uchun buncha vaqtingizni
sarflash shart emasdi!
Oyim kulib javob berdi:
- Buni ukang qildi. Ishdan atay erta kelibdi.
Deraza oynasini almashtirayotganida qölini
kesib oldi, hali körmadingmi?
Ukamning xonasiga bordim. Uning yuziga qarab
yuragimda osmon qadar mehr tuydim. Uning
qöliga ozroq malham qöyib, bint bilan
bog'ladim.
- Og'riyaptimi,- söradim undan.
- Yöq, bilasanku, beton zavodida oyog'imga köp
marta tosh tushib ketadi. Örganib qolganman
bunaqa hodisalarga...
U gapirishdan töxtagach, ögirilib yana yig'lab
yubordim. Öshanda ukam 23, men esa 26
yoshda edim...
Turmushga chiqqanimdan söng, shaharda
yashay boshladim. Turmush örtog'im köp marta
ota-onamga biz bilan yashashni taklif qilidi,
biroq ular unamadi. Qishloqdan ketish ular
uchun qulay emasligini aytishdi. Ukam ham
ularning fikriga qöshildi:
- Opa, sen hozir qaynona-qaynotangni xizmatini
qil. Ota-onamizga özim shu yerda qaray olaman.
Turmush örtog'im fabrikada direktor bölib
saylangach, ukamdan fabrikada menejer bölib
ishlashini söradik. Ammo u taklifimizni rad
qildi.
Bir kuni u ishlaydigan zavodda köngilsizlik yuz
berib, ukam kasalxonaga tushib qoldi. Turmush
örtog'im bilan uni körishga borganimizda,
oyog'i gipslangan ukamni körib hasrat qildim:
- Nega menejer bölishni istamading, bunaqa
xavfli ishdan ming marta yaxshiku? Ahvolingga
qara!
U jiddiy tabassum bilan javob berdi:
- O'zing öylab kör, pochcham endigina direktor
böldi, men bölsam öqimaganman. Meni
menejerlikka tavsiya qilsa, atrofda har xil gaplar
köpayardi. Kelajagingizni xavf ostiga qöygim
kelmadi.
- Biroq, sen faqat men tufayli öqiy olmading-
ku?!
- Ötmish haqida gapirib nima qilasan,- kulib
qöydi u.
Ösha yili ukam 26, men esa 29 yoshda edim...
Vaqt ötdi. Bir yili ukam qishloqdagi fermerning
qiziga uylandi. Töy marosimida, boshlovchi
undan söradi:
- Kimni hammadan ortiq sevasan va hurmat
qilasan?
U öylab ham ötirmasdan "Opamni" deb javob
berdi va yig'ilganlarga men umuman eslolmagan
bir voqeani aytib berdi:
- Bolaligimizda boshlang'ich maktabga borish
uchun boshqa qishloqqa qatnashimizga tög'ri
kelardi. Har kuni opam bilan men maktabga
borish va uyga qaytish uchun 2 soat piyoda
yurardik.
Bir kuni qölqopimning bir poyini yöqotib
qöydim. Shunda opam özining bir qölidagisini
yechib menga berdi va uzoq yölni bir poy
qölqop bilan bosib ötdi. Uyga kelganimizda,
uning qöllari sovuqdan shishib ketgandi. Keyin u
ancha vaqt qalam ushlay olmadi. Ösha kundan
boshlab umrimning söngigacha opamga
g'amxörlik qilishga va doim unga yaxshi bölishi
uchun harakat qilishga özimga söz berdim...
Yig'ilganlar örinlaridan turib qarsak chaldilar va
ögirilib menga qaray boshladilar.
Zörg'a shu sözlarni ayta oldim:
- Butun hayotim uchun eng köp ukamga rahmat
aytishim kerak...
Közlarimga quvonch yoshlari quyilib kelardi.
Ösha yili ukam 30, men esa 33 yoshda edim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев