Предыдущая публикация
Quvonchmi yo alam kuylab o'tardi
Bilmadim goh sokin goho o'shqirib
Yo dardin kimlarga aytib yig'lardi
Aytarlar dard alam faqat odamda
Yo'q balki bu dardlar butun olamda
Jim tinglang dunyoni e'tibor bilan
Yomg'irlar tomchilab yog'ar har onda
Chaqmoq goh tunlardan alamin olar
Goh poylab kamondan o'qlarin otar
Osmonda gumburlab dardini kuylab
Daraxt shoxlarin kuydurib yoqar
Bu qaro bulutlar tarqab ketadi
Ko'pirgan daryolar albat tinadi
Ishoning yorug' kun hali oldinda
Bu dardlar albatta unut bo'ladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев