Предыдущая публикация
Qushdayin kitob cho'qib,
Kelib omad g'alaba.
Tundan tongacha o'qib,
Mana bo'ldim talaba...
O'qisa bo'larkan deb,
Bo'sh kalla to'larkan deb.
Omad ham yo'larkan deb,
Mana bo'ldim talaba...
Kimlar aytar ko'k sana?
Nima istaysiz yana.
O'z kuchim bilan ana,
Talaba bo'ldim mana...
Kimlar turdi, tish qayrab,
Ortimdan rosa sayrab.
Shundan balki ataylab,
Mana bo'ldim talaba...
Bo'lmadi yuzim qora,
Kantiragu na'chora.
Yurak bo'lib sal pora,
Mana bo'ldim talaba...
Maqsad tomon bir yurib,
Har yerga boshim urib.
Muxanbek so'zda turib,
Mana bo'ldim talaba..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2