(Yoxud bolaning qilgan
yaxshiligi)
"Men Makka shahrida faqirona hayot kechirar
edim. Bir kuni ko’chada hamyon topib oldim.
Uyga kelib ochib qarsasam, ichidan bir shoda
marvarid chiqdi. Bunaqasini umrimda ko’rgan
emasman. Qaytib ko’chaga chiqdim. Bir odam:
"Men hamyonimni yo’qotib qo’ydim, kim topib
olib qaytarib bersa, besh yuz dinor beraman”,
deb yurgan ekan. Shunda men, qornim och,
hojatmandman, hamyonini berib, evaziga pulni
olaman-u undan foydalanaman, deb o’yladim.
O’sha odamni chaqirdim. U uyimga kirgach,
hamyonning va undagi marvaridning belgilarini
so’radim, aniq aytib berdi, so’ng unga hamyonini
topshirdim. U besh yuz dinor pulni uzatdi. Ammo
men olmadim, olishni ep ko’rmadim. Oradan
ancha vaqt o’tib, dengiz safariga chiqdim.
Nogahon kemamiz halokatga uchrab, hamma
suvga g’arq bo’ldi. Alloh taoloning irodasi ila
yolg’iz mengina bir parcha taxtaga yopishib, jon
saqlab qoldim. Keyin bir orolga chiqib oldim va
o’sha yerdagi masjidda panoh topdim. Mening
chiroyli Qur’on o’qishimni eshitib, odamlar
oldimga kela boshlashdi. "Yozuvni ham
bilasanmi?” deb so’rashdi. "Ha”, dedim. Ular
bola- chaqalari bilan kelib, o’qish va yozishni
o’rgana boshlashdi. Moddiy yordamlari tufayli
men ham o’zimni tiklab oldim. Kunlardan bir kun
ular meni uylantirib qo’ymoqchi bo’lishdi. Bir
yetim qizlari bor ekan, avvaliga rozi bo’lmadim,
lekin ular qistayvergach, rozilik bildirdim. To’y
kuni… qizning bo’ynidagi marvaridga ko’zim
tushib, hayratda qotib qoldim. u o’sha men topib
olgan marvarid edi. Odamlar mening holimga
hayron edi. Ularga boshimdan o’tgan o’sha
voqeani aytib berdim. "Allohu akbar!” deb takbir
aytib yuborishdi odamlar. So’ng bu qizning otasi
o’sha hamyonini yo’qotgan kishi ekanini, u
umrining oxirigacha: "Dunyoda hamyonini
qaytarib bergan yigitga o’xshagan sofdil kishini
boshqa ko’rmadim, ey Alloh, meni yana o’sha
yigitga ro’baro’ qil, qizimni unga nikohlab beray”,
deb duo qilganini aytib berishdi…!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев