deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin
deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON
bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz,
Muhammadning ummatlari.
Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan
ham qochasiz,
Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar
ochasiz.
Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa
go`shti hamisha bor,
Halol luqma yemayapsiz,
Muhammadning ummatlari.
Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik
deysiz sursin davron,
Erta kunda boshingizda o`qirlarmi
bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi
begumon
Din o`rgatib o`tmayapsiz,
Muhammadning ummatlari.
Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush
qaytasiz kechada,
Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz
qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam,
topilgaymi bir joynamoz
Namoz bilmay o`tayapsiz,
Muhammadning ummatlari.
Tavba uchun kech bo`lmasin
kechirgay Olloh sizni
Joyingizni jahannamdan qilmasin
gunoh sizni
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto
qo`rqib turibdi
Sizlar qanday ummatsiz,
Muhammadning ummatlari
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев