Qanchalik darajada munosibmiz? Balki muhabbat tuyĝusi insonga bir marta berilar? Balki biz uni yöqotganimizdagina qadriga yetarmiz? Muhabbat bizga berilgan baxtdir?! Uni asrab-avaylash qölimizdan keladimi? Muhabbat tuyĝusiga oshufta ikki qalb bir-biriga yetishsagina bu muhabbat deyiladimi? Balki biz uni sevib uning köngli boshqada bölib, öz sevgani bilan baxtli yashayotganini kõrib baxtni his qilarmiz? Muhabbat shunday tuyĝuki, unibg azoblari, ayriliĝi, hijroni ham shirin! Biz uni qadriga yetamizmi? Insonga bu tuyĝu bir marta beriladi. Siz sevgan inson sizni sevishga, siz bilan hayotini boĝlashga majbur emas. Uning ham qalbi bor! Balki u ham kimnidir sevar, kimningdir baxtidir. Agar sizni sevsa uning qadriga yeting. Aksincha bölsa uni qiynamang. Uning qalbiga buyruq bera olmaysiz! Siz eshitgan Farhodlar, Majnunlar hozir ham bor. Oramizda... Faqat biz e'tibor bermaymiz. Hozir muhabbat qandaydir öyinchoq tuyĝuga, insonning mavqeyi bilan ölchanadigan darajaga kelib qoldi. Lekin hozir ham atrofimizda mana shu oliy tuyĝu bilan qalblari örtanayotganlar ham bor... Ular ham Majnundek sevishadi, ular ham Majnundek hijron azobini boshidan õtkazadilar... Muhabbat bizga berilgan shiringina azob... Unga gard yuqtirmasdan, asrab-avaylaylik...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев