Birinchi bo’lib ingliz talabaga ikkita skeletni ko’rsatishibdi.
– Xo’sh, bular haqida nima deya olasiz?
– O’ngdagi skelet ayol kishiga tegishli, 45 yoshida oshqozon saratonidan vafot etgan. CHapdagi skelet esa erkak kishiniki, 63 yoshida insultdan o’lgan.
Talabaga besh qo’yib, chiqarib yuborishibdi. Ortidan nemis kiribdi.
– CHapdagi skelet erkak kishiga tegishli, chap qovurg’asi singan, 63 yoshida insultdan o’lgan. O’ngdagi skelet ayol kishiniki, 45 yoshida oshqozon saratonidan o’lgan, miyasi chayqalgan.
Unga ham besh qo’yishibdi. Oxirida sovet talabasi kiribdi. Skeletlar haqida so’rashsa, jim turarmish.
– Talaba, javob bering.
Yana jimlik.
– Axir biror nima desangiz-chi! Institutda nima o’rgatishgan sizlarga o’zi?
– E, xudo, nahotki bular Karl Marks bilan Fridrix Engels bo’lsa?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев