ko'p va uzoq jiringladi. Kechasi bilan
uxlamasdan odnoklassnikida o'tirganim uchun
közimni ochishga
erinib, uxlashda davom etdim. Lekin telefon qayta-
qayta bezovtalanaverardi. Uyqisirab telefon ekraniga
qaradim, eng yaqin
do'stim - Shahruz. Göshakni ko'tarib javob berdim:
"Allo, qalaysan?"
Jimlik. U javob bermasdi. "Allo, Shahruz, tinchlikmi?
Allo!" Yana jimlik. U mening eng qadrli do'stim bo'lganligi uchun
xavotir ola
boshladim. "Allo.. allo ..." Uzoq jimlikdan keyin uning
qayerdasan
og'ayni, degan ovozini eshitdim. "Uydaman,
tinchmisan? Nima gap?" "Ha, tinchlik. Hozir ko'chaga chiqa olasanmi?"
"Ha, albatta
qayerga borishim kerak?" Uyimdan 150 km
uzoqlikdagi adressni
berdi. "Men shu yerdaman, kelolsang kel,
kutaman",- dedi. Bosh qotdi, uning ovozi boshqacha eshitildi. Nimadir
bölganinini könglim
sezardi. Dadamning mashinasini olib qochishga
to'g'ri keldi. Garaj
darvozasini ochdim, mashinani xolostoy qilib
ko'chamizning boshigacha itarib bordim. O'sha yerda o't oldirdim va
aytilgan
manzilga yo'l oldim. Roppa-rosa bir yarim soatlarda
aytilgan joyga
bordim. Lekin u yerda Shahruz yo'q edi. Uning
mashinasini ta'mirlab bo'lmaydigan darajada pachoqlanib
ketgan holda ko'rib
qo'rqib ketdim va unga qöng'iroq qila boshladim.
Telefonga javob
bermasdi. Qayta- qayta telefon qildim. Özimni
koyirdim. Tongda telefonni vaqtliroq kötarmaganim uchun. U javob
bermasdi. Nima
qilishni bilmay qolgandim. "Sog'mikan? Menga
telefon qildiku! Biror
kasalxonada bölsa kerak",- deb öylardim. Nihoyat
akasiga telefon qilishga qaror qildim: "Aka tinchmisiz? Shahruz
qayerda? Nega
jimsiz? Allo... allo javob bering..." Yig'i ovozi eshitildi:
"Shahruzning
umri qisqa ekan, uni topshirib qo'ydik..." Nima???!!!
Telefonim qölimdan tushib ketib sochilib ketdi. Butun
vujudimni titroq bosdi.
Yuragim tez urib, tomog'imga achchiq bir nima
tiqildi. Közimga
yosh quyilib kelardi. "Bo'lishi mumkinmas! U nega
meni kasalxonagamas, bu yerga chaqirdi? Nega yoniga
chaqirmadi?
Nega?" Keyin darhol telefonimni yig'ib oldim, har
tugul yondi. Sms
kelgan ekan, ochdim: "Do'stim, seni juda juda yaxshi
ko'raman, senga omonatim bor, mashinani bardachokini qara,
uni asrab qöy,
uzr, shunaqa bo'lib qoldi,meni unutma..."
Dodlavordim:
"Yo'o'o'o'q!!!" Tel ni endi özim yerga urib chil-chil
qildim. Mashinasining yoniga borib bardachokni ochdim va
yana yig'ladim:
suratlar... Ikkalamizning maktab davrimizda tushgan
rasmlarimiz.
Yana tilla tross (uni tug'ilgan kuniga men sovg'a
qilgandim). Ortga qanday qaytdim, bilmayman. Do'stimni sönggi bor
quchdim. Faqat
endi u jonsiz edi... Akasi umrining so'nggi
daqiqalarida ham qo'lidagi
telefonini mahkam ushlab olganligi haqida aytib
berdi. Shahruz, og'ayni seni hech qachon unutmayman. Ohirating
obod bölsin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев