Dunyo asta sekin muddatin o‘tab,
O’chirmoqda asriy yorug‘
chirog‘in.
Zamin piligi ham oshkora tutab
Qiyomat kelmoqda... oxirat
yaqin!
Karvon ham bir kuni manzilga
yetgay
Bosib bu dunyoning jamiki
bog‘in.
G’arbning osmonidan bir kun
tong otgay -
Qiyomat kelmoqda... oxirat
yaqin!
Bukchaygan tog‘larda umr zavoli,
Gulzorlar ichida tingaydir
shovqin.
Yerning nafasini qo‘yingiz holi,
Qiyomat kelmoqda... oxirat
yaqin!
Ayollar qozilik mansabin olmish
Oyning yuzidan ham o‘chirib
dog‘in.
Erlar dayuslikni kasb-kor qilmish
-
Qiyomat kelmoqda... oxirat
yaqin!
Otalar o‘g‘ilning zarbidan yig‘lab
Kimga aytish bilmay kezsa
firoqin,
Ota jussasidek horg‘in, oriqlab
Qiyomat kelmoqda... oxirat
yaqin!
Dunyo ko‘zing ochsang och, aks
holda
Seni o‘z domiga tortqilar oqim.
Odam ato davri bo‘ldi ibtido,
Qiyomat kelmoqda... oxirat
yaqin!
Hammaga quvnamoq, kulmoq
yoqadi
Extimol quvonchdan sakramoq
mumkin.
Afsus kulmoqlikning davri tugadi
-
Qiyomat kelmoqda... oxirat
yaqin!
Ishonmasang, qara, ko‘cha-ko‘y -
belgi,
Oddiy hovlilardan olarsan saboq.
Hammasi hoziru nozir... bir turtki
Hayot endi Yerga juda ham
yiroq.
Har ne ish oxiri bo‘lgani kabi
Tugagani misol har qanday
shovqin.
Inobat bo‘lmagay inson talabi -
Qiyomat kelmoqda... oxirat
yaqin!
Bu inson dunyoni haroba etdi,
Xudoga xudolik da’vosin qilib.
Yashamadi bir kun o‘zini bilib,
Qiyomat kelmoqda... oxirat
yaqin!
iltimos.INSON.HAYOT.KOINOT.BU NIMANI TUSHUNTIRADI?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев