Kun sanab charchagan onayuzorim,
Kun sanab charchagan otayuzorim.
Yosh boladay aldangan baxtiqaroyim
Kel yonimga koʻz yoshlaring artib qoʻyayin.
Farzand koʻrganida dunyolarga sigʻmagan onam,
Tashlab ketganida xam duodan tinmagan otam.
Qoʻy oʻksinma xayot etyabdiku davom,
Kel yonimga koʻz yoshlaring artib qoʻyayin.
Tushlarida osmonlarga uchgan yagonam,
Sogʻindingmi mexri yolgʻonlarni mexri birdonam.
Sochlaringni tarab qoʻyay mushtifar onam,
Kel yonimga koʻz yoshlaring artib qoʻyayin.
Yigʻlama jon otam dunyo ishidan,
Gʻanimlar yigʻlasin qilgan ishidan.
Yigʻlama jon onam gʻanim kishidan
Kel yonimga koʻz yoshlaring artib qoʻyayin.
Kun oʻtdi oy oʻtdi yil oʻtdi mana,
Davr oʻtdi shon oʻtdi qarilik qildi tantana.
Yonimga kel beray senga boshpana
Kel yonimga koʻz yoshlaring artib qoʻyayin.
Men soʻradim yaratgandan insof soʻradim,
Ota onasini xoʻrlaganga doʻzox tiladim.
Nooʻrin yozgan boʻlsam uzur soʻradim,
Kel yonimga koʻz yoshlaring artib qoʻyayin....😢🌹🌹🌹🌹
Ilxomjon Muxtarov 06 11 2022. Qariyalar uyidagi nuroniy otaxonlar va mushtifar onaxonlarga bagʻishladim kamchiliklar boʻlsa uzur.....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев