Follikulaning normal yetilishi va patologik holatlari
Tuxum hujayralar yangi hayot beruvchi mo‘jizadir. Tuxumdonlarda tuxum hujayralar qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu qobiq follikula deb ataladi. Tuxum hujayra yetilganda follikula ham yetiladi. Follikulyar bo‘shliq suyuqlik bilan to‘lgan, shu suyuqlikda esa tuxum hujayralar ham joylashgan bo‘ladi.
Follikulaning o‘sishi va yetilishi qanday amalga oshadi?
Follikulaning yetilishi
Tuxumdon follikulalari – tuxum hujayralarni o‘rab turuvchi orolchadir. Yetilmagan yosh folliklulalar tuxumdonga embriogenez davrida o‘tadi. Bola tug‘ilayotganda umumiy ko‘chib o‘tgan yetilmagan follikulalar soni 1-2 millionga yaqin bo‘ladi. Ularning ko‘p qismi keyinchalik so‘rilib ketib, qiz bola balog‘at yoshiga yetganda 300 mingga yaqinlashib qoladi.
Balog‘at yoshida har bir hayz ko‘rish davrida follikulani stimullovchi gormonlar ta’sirida 10 ga yaqin folliklulalar yetiladi. Yetilgan tuxum hujayralarning tashqariga chiqishi yaqinlashganda (ovulyatsiya davriga yaqin) dominant follikul hosil bo‘ladi. Uning hajmi kattalashishda davom etadi, shu paytda tuxumdonda katta bo‘lmagan bo‘shliq hosil bo‘lib, u suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi.
Tuxum hujayralarni o‘rab turgan follikulaning yetilish davomida ayollik jinsiy gormoni – esterogen hosil bo‘la boshlaydi. Follikulalarning yetilishi uchun o‘rtacha 2 hafta ketadi. Ovulyatsiya davriga bir kun qolganda esterogen gormoni miqdori birdan ko‘tarilib ketadi, bu esa lyutenlovchi gormonlarning ajralishiga olib keladi. Dominanat follikula ovulyatsiya paytida yoriladi, undan urug‘lanishga tayyor bo‘lgan tuxum hujayralar chiqadi. Qolib ketgan follikula so‘rilib ketadi.
Hayz siklining fazalari
Hayz sikli follikulalarning joylashgan joyiga va ularning hajmiga qarab fazalarga bo‘linadi. Hayz ko‘rgandan so‘ng boshlanadigan faza – follikulyar faza deyiladi. Tuxum hujayraning follikulani yorib chiqish davri – ovulyatsiya fazasi deyiladi.
Lyutinlovchi faza esa ovulyatsiya davridan boshlanadi. Graaf pufakchasi hujayralari tuxum hujayralari chiqqandan so‘ng sariq tana hosil qiladi. Sariq tana esa progesteron gormonini hosil qila boshlaydi. Progesteronning vazifasi esa bachadon endometriy qavatini urug‘langan tuxum hujayra implantatsiyasiga tayyorlashdir. Agar urug‘lanish bo‘lmasa, sariq tana hayz ko‘rish oldidan so‘rilib ketadi.
Tuxmdonda bo‘ladigan o‘zgarishlar shunday ko‘rinishda davom etadi. Endi esa ko‘pchilik ayollar beradigan savolga javob beramiz: follikulalar qancha bo‘lishi bo‘lishi kerak?
Tekshiruv jarayonida follikulalar UTT (UZI) ekranida yaxshi ko‘rinadi. Follikula va tuxumdonlarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni bilish uchun, ularda UTT tez-tez o‘tkazilib turilishi maqsadga muvofiqdir. Tekshiruv natijasida o‘rtacha 1-2 tadan 4-5 tagacha follikulalar aniqlanadi. Normada ba’zi hollarda 2-3 ta dominanat follikulalar ham paydo bo‘lishi mumkin.
Ba’zi hollarda masalan EKO (ekstra korporal urug‘lantirish)da follikulalarni stimullab, 4-6 tagacha dominant follikulalar hosil qilinadi. Follikulalarni stimullash uchun xorionik gonadotropin (XG) saqlovchi maxsus ukollardan foydalaniladi. Agar 1 tagina follikulaga ishonib, EKO o‘tkazilsa natija berish foizi kam bo‘ladi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев