Yigit va qiz mashinada
ketib borishardi. Havo öta sovuq, kuchli qor yog'ardi. Shahardan
qishloq tomon ketayotgan mashina tun chökishi bilan yölni yoritishga ojizlik qila boshladi. Aksiga olib bir hafta töxtamay yoqqan qor yölni qoplab olgandi. Manzilga yaqin
qolganida mashina qiyaliklarning
birida sirpanib ketadi va yöl chetidagi daraxtga borib uriladi.
Yigit va qiz jarohatlanishmaydi.
Faqat ular qolgan 7-8 km masofani qanday bosib ötish mumkinligi haqida öylashardi. Yaqin atrofda boshqa boshpana yöq. Bu chetki yöldan bunaqa
havoda ötkinchi mashinalar ham
ötmasdi. Avvaliga ular mashina ichida ötirib kutadilar. Lekin havo
harorati -40 gradus atrofida sovuq edi. Sovuq asta-sekin ularni azoblay boshladi. Ustiga-ustak
hadeganda najot uchqunlari
körinavermasdi. Ular sovuqda kutish befoyda ekanligini
tushundilar va qolgan yölni piyoda bosib ötishga qaror
qildilar. Yarim tunga yaqin vaqtda yigit va qiz qorli yöl uzra oldinma-ketin ketib borisharkan, bir-necha daqiqa ichida oldindan urayotgan öta dahshatli izg'irin ta'sirida oyoq va
qöllari butkul sovuqdan qotib
qoladi. Bir soatcha yurishgach ularning tanalarida sovuq
ta'sirida qon aylanishi ham sustlashib, holsizlana boshlaydilar. Xatto ular öz tanalarini sezmay qoladilar.
Nihoyat qiz xushini yöqotadi....
Xushiga kelganida u qishloqda, issiq uylarning birida yotardi. Yigitni söragan qizga u 2 kun
oldin vafot etganligini aytishadi. Ösha tunning ertasiga yöldan ötayotgan yuk mashinasi haydovchisi qor ustida chözilib yotgan odam tanasini köradi.
Yaqin kelganida u yerda 2 kishi ekanligini payqaydi. Qor ustida yupqagina kiyingan yigit, uning
köksiga bosh qöygan holda yigitning paltosiga örab qöyilgan qiz bexush yotardi. Ösha vaqtda
yigitning yuragi muzlab urishdan
töxtab bölgandi... Yigit paltosini yechib bexush qizni örayotganida özining ölishi mumkinligini
bilardi. Bu ishni u qahramonlik uchun emas, shunchaki tabiiy bir harakat sifatida ongli ravishda
bajargandi. Ehtimol ösha ongli harakatni insonlar sevgi deb
atashar...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 29
wunaqada hayot
xm
ha endi