Предыдущая публикация
Ko'zlaring domiga ilindim Zebo,
Oh, naqadar teran, naqadar ma'no,
Bundan qutulmoqlik mushkuldir ammo
Qutulmoq istamas hayolim uchqur.
Jono kipriklaring o'q, nayza otur,
Ko'nglimda anvoyi hislar uyg'otur,
Bilsam bu dunyoning eng dilbar siri
Ko'zlaring tubida berkinib yotur.
Bundan tortib olma sochlaring bilan,
Yutib yuborsa ham mayliga ko'zing.
Mayliga roziman bir umrga man,
Ko'zlaringda qolsam bo'lib mahbusing.
Ko'zlaring domiga ilindim Zebo,
Oh, naqadar teran, naqadar ma'no,
Bundan qutulmoqlik mushkuldir ammo
Qutulmoq istamas hayolim uchqur.
Zebo... Zebo... Zebo... Zebo
Abdulhaq Abdumalikov she'ri.
Shoh Jahon Jo'rayev musiqasi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев