Chiqa olmay shu botqoqda yotib qoldim,
Savoblarning daryosida suzgim kelar,
Nima qilay toshga o'xshab qotib qoldim. Aybim aytib ko'zlarimni, mayli yoshlang,
Ey yaxshilar meni yaxshi yo'lga boshlang.
Nafsim aldab har tomonga olib qochar,
Shayton lain gunohlarga yo'llar ochar.
Men insonman, men mo'minman, netay do'stlar,
Gunohlarim ko'pligidan qoldim nochor.
Sizlar kabi yaxshiliklar qilay deyman,
Kam gapirib, kam uxlab, kam kulay deyman.
Xayr, ehson, sahovatga peshvo bo'lib,
Yetimlarning boshlarini silay deyman.
Qaytmas safar hozirligin ko'rmoq uchun,
Savob ishga sarflash kerak har kim kuchin,
Bor kuchimni gunohlarga berib qo'ysam,
Bu dunyoda yashayapman o'zi nechun?
Aybim aytib ko'zlarimni mayli yoshlang,
Ey yaxshilar meni yaxshi yo'lga boshlang...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев