Uning kelajakda kim bo’lib yetishishi albatta bevosita farzandga beriladigan e’tiqodiy, axloqiy tarbiyaga bog’liqdir. Farzandlarga odob berish eng avvalo oiladan boshlanadi. Ma’nan yuksak, go’zal xulqqa ega ota-onalarning farzandlari ham odobli bo’ladi. Bu go’zal xulq, boshqalarning havasini keltiradigan odob-axloq inson ko’rki sanaladi. Go’zal xulq to’g’ri tarbiyaga daxldordir. Ota-ona farzandlarga yaxshi bilan yomonning, halol bilan haromning, ma’rifat bilan jaholatning, saxovat bilan baxillikning farqini aniq tushuntira bilishi va har vaqt ularni ezgulik yo’liga chorlashlari lozim bo’ladi. Darvoqe, ota-onalar farzandlari uchun bu ezgu amallar uchun mezono’lchovni qayerdan oladi? Bu albatta muhim bir savol. Javobi esa musulmonlar uchun juda ham oson. Faqat unga amal qilish qoladi. Bu birinchi navbatda Alloh taoloning kitobi Qur’oni karimda bayon etilgan hukmlar. Odobni to’g’ri shakllangirish uchun eng muhim mezon shu. Ikkinchidan Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadislari insonning ma’nan yuksalishi, ezgulikka intilishi, halolni haromdan farqlay bilishi, inson o’z hayotining mazmunmohiyatini anglab olishi uchun nihoyatda muhimdyr. Zeroki, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish va unga amal qilishning mukofoti jannat albatta. Qilinayotgan amallarda insonning ma’naviy qiyofasi, odob-axloqi namoyon bo’ladi. Bid’atlarga sho’ng’igan kimsa odamlarni to’g’ri yo’ldan adashtiradi. Bunday kimsa beadablar sirasiga kiradi. Sunnatga muvofiq yashash esa musulmon kishiga xotarjamlik, viqor, salobat bag’ishlaydi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan bir hadisda: "Sunnatga muvofiq qilingan oz amal bid’at aralashgan ko’p amaldan yaxshidir", deyiladi.@rasuldarvesh #jumamuborak❤ #jumamuborakkun 🕌#jumamuborakdindowlar #Quron 🌙#Namoz #Hikmatlar #Rivoyatlar #Hadislar #Din_va_shariat #islom_va_shariat #islom_va_ibodat ✨#islom 🌙#nurli_islom #ibodat 🕋#makkah #sajda #muslima #qiroat hayotiy_sozlar #исломий
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев