Предыдущая публикация
Nima gunox qilgan edingiz
Nega sizni yolg'iz tashlashdi
Kimga nima yomon dedingiz
Nega gunox ishin boshlashdi.
Bolam deya yashadiz yonib
Goxi quvonch qayg'uvga to'lib
Endi esa keksayib qolib
Qoldingizmi keraksiz bo'lib.
Dardlarini ichiga yutib
Ko'zlarida yoshi qotkanlar
Bolasini kelishin kutib
Qariyalar uyida yotkanlar.
Bunday orzuv qilmagandursiz
Shuncha shirin xayoliz turib
Yomon yo'lga yurmagandursiz
Uyda xalol ayoliz turib.
Nega buncha bemexir bola
O'z otasin pichoqsiz so'yar
Yaratkanga qilsangiz nola
Qaytar dunyo qaytarib qo'yar.
Dardlarini ichiga yutib
Ko'zlarida yoshi qotkanlar
Bolasini kelishin kutib
Qariyalar uyida yotkanlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев