qilingki, voz kechay sizdan,
Ko`nglimni qoldiring, qon oqsin
ko`zdan. Qayta duch kelmoqqa
imkon qoldirmang, Siz shunday
qilingki til qolsin so`zdan. Ha, siz
shunday qilingki men kechay
sizdan, Vujudim muzlasin sizni
ko`rganda. Yashnagan niholni
yashin urganday, Bir keskin so`z
ayting, dil uzay sizdan. Tuyg`usiz,
kulgusiz qoldiring meni, Mayliga
orzusiz qoldiring meni. Faqat
sizdan kechib o`tay dunyodan,
Aqlning izmiga soldiring meni.
Dardim o`zim uchun dorga
aylansin, Bahorim zumda qish,
qorga aylansiz. Siz shunday
qilingki o`zgani sevay, Yo`q
mehrim bir zumda borga
aylansin. Kuydiring bir hovush
kulga aylanay, O`ldiring tap-taqir
cho`lga aylanay. Faqat bu
azobdan qutqaring meni, Yo
seving hech so`nmas gulga
aylanay.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев