Предыдущая публикация
Ertaga kun botsin Uni unutaman deyman...
Immmm Bugungina U bilan yashay ertaga unutaman deyman.
Bilmaymanki sevgining, hijronning bu tonglari,
bu tunlari,
bu ertalari hech qachon xa xech qachon tugamaydiiii...
Sen g'olibsan, oshig'ing olchi,
Tol'e senga kulgaydir doim.
Aro yo'lda, men bir yo'lovchi,
Alam meni nechun yo'qlovchi?!
Senga hayot nurafshon yanglig',
G'am ismini bilmaysan hayhot.
Men g'aribga iztiroblar tig',
Omad isi nechun menga yot.
Alloh meni dard ila siylab,
Sinamoqda sabotimni ho'p.
Senga hayot doimo yuksiz,
Baxt yulduzing falakdadir ko'p.
Tol'esizman, kulgaysan doim,
Balki meni baxtsizlik qiynar.
Lek suyganin doim hudoyim,
G'amda sinab,so'ng esa siylar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев