Yana poyingda tiz cho'kib, boshim egaman. Beixtiyor ko'zlarimda yosh qalqiydi. 25-may yaqinlashgani sayin yil bo'yi qiynagan sog'inch o'ti alanga ola boshlaydi. Maktabim, buning bari seni sog'inganimdan, qo'msaganimdan.
Bir paytlar hayotdan xabarsiz, soddagina farzandlaring edik. Sen o'z donoligingni ishga solib, bizni sekin-asta hayotga o'rgatib bording. Katta hayotga qadam qo'yishga tayyorligimizni bilgach esa xuddi qushlardek bizlarni uchirma qilding.
Sen bizga ona eding, biz esa farzanding. Sen hayotimning bir qismiga aylanganingda, seni tark etishimga majbur qilding. Mehribonim, mehringga to'yolmadim. Qadrdonim, nega oldinroq qadring bilmadim.
Agar kimdir yana maktabda o'qishni xohlaysanmi desa hech ikkilanmay ha deb javob bergan bo'lardim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев