Visolingga
tashnaman Köz yoshlari
chashmaman
Sensiz.....
Hijron-ajal sharpasi
Armon-uyqu körpasi Yolg'on-
hayot zarbasi
Sensiz......
Dil titraydi jonsarak
Kelmaydi sendan darak Menga
omad ne kerak Sensiz.....
Közguga boqqim kelmas
Köchaga chiqqim kelmas
Bedorman uyqum kelmas
Sensiz.....
Könglim kemasiz dengiz Yurak
osmonsiz yulduz Qanday
yashayman yolg'iz Sensiz........
Nigohlaring köztumor
Qalbingda yashnar bahor
Mening qalbim qummozor
Sensiz........ Xonamdagi
buyumlar Changa botgan
kiyimlar
Menga qöshilib yig'lar
Sensiz.....
Sensiz alam ulfatim
Yolg'izligim kulfatim Hayol
nursiz zulmatim
Sensiz...... Pullar sochilib yotar
Qalbim ochilib yotar
Qonim ichilib yotar
Sensiz...... Dildan nafratim
sonsiz
Göyo tomirim qonsiz
Yurak yig'laydi unsiz
Sensiz.....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев