O'zi meni yaxshi
ko'rasizmi degan
savollaringni.
Sog'indim... Har kech o'tgan
samimiy suhbatni.
Sog’indim... Uzun salom berib
quvnoq kulishlaringni.
Sog'indim... Beg'uborligingni,
hech hafa qilmas
so'zlaringni,samo mukammal
yaratgan
husningni ta'riflab bo'lmas,
doim ayb qidirganda ojiz
qoladigan xislatlaringni.
Sog'indim... Derazadan
osmonga termulib hayol
surishingni, yomg'irni
kutishingni, yomg'irda esa
yo'qotgan narsasini topib
olgan odamdek quvonishingni.
Sog'indim... O'sha ilk
uchrashgan ko'chamizni, o'sha
bog'ni, birinchi o'rindiqdagi
birga o'tirishimizni, uzoq
yo'ldan olib kelingan
muzqaymoqni shoshib yeyishni.
Sog'indim... Yo'l uzoq
bo'lsada,yayov yurishni,
qo'rqinchli odamni ko'rsang
yonimga yashirinib olishingni.
Sog'indim... Bir avtobusni
ikkinchi, uchinchi marta
kelganini ham o'tkazib
yuborib bekatda suhbatlashib
o'tirishni.
Sog'indim... Mashinani uzoqda
qoldirib, yoninggacha piyoda
borishni, yo'l-yo'lakay
aytmoqchi bo'lgan gaplarimni
yodlab olishni, seni ko'rgach
hammasini unutib qo'yishni.
Sog'indim... Alamli bo'lsada,
qo'ng'iroq qilib, yig'lab,
dardlaringni ishonib ayta
olishlaringni.
Sog'indim... Hamma hammasini...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев