Предыдущая публикация
Uni azob yozgan, uni dard yozgan.
Kirib, sevaman deb aytishga qo'rqib,
Eshiging tagida turgan mard yozgan!
So'rama bu she'rning muallifini,
Yomg'irday ivigan, bulutday to'zgan.
"Nimaga kirmadim, nega aytmadim",
Uni afsus yozgan, pushaymon yozgan!
So'rama bu she'rning muallifini,
Gapingni aytaman o'zini ko'rsam.
Bechora siqilib yurovdi o'zi,
Senga yoqqanidan bo'ladi xursand.
So'rama bu she'rning muallifini,
Bechora shoirda nima o'ching bor?
She'r o'qi, kulsang kul, yig'lasang yig'la, Muallifi bilan nima ishing bor.
So'rama bu she'rning muallifini,
Uni sog'inch yozgan, uni vaqt yozgan. Kirib, sevaman deb ayta olmagan,
Eshiging tagida gan BAXT yozgan!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев