Futbol muxlislari "Surxon" bilan "Neftchi" o‘rtasida Samarqandda o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar o‘z ustunliklarini namoyish etishsa kerak, deb o‘ylagan edilar. Haqiqatda ham ikkala jamoa vakillari keyingi bellashuvlarda taniqli klublarni ham yelkasini yerga tekkizib, o‘z muxlislarini juda xursand qilib kelayotgan edilar. Biroq Samarqanddagi bahsda ikkala tomonda ham g‘alabaga jiddiy intilish sezilmadi. Farg‘onalik futbolchilar raqiblar darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni vujudga keltirgan bo‘lsalar ham undan oqilona foydalana olmadilar. Shu tariqa, "Neftchi"ning safardagi bellashuvi nursiz durang bilan yakunlandi.
Bugungi o‘yindan so‘ng 37 ochko jamg‘argan jamoamiz keyingi turda Farg‘onada yangi chempion- "Nasaf"ni qabul qiladi. Ishonamizki yigitlarimiz bu uchrashuvga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘radilar va muxlislarini xursand qiladilar.
"Surxon" – "Neftchi" 0:0
9 noyabr, 18:15
Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov
Qanot hakamlari: Sherzod A'zamov, Islom Azimov
Zaxira hakami: Ma'mur Ilhomov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Xayriniso Erkinova
🟢@pfcneftchi_uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1