Предыдущая публикация
O'sha mashum kunda men hayotimdan nolibman
Hamma damas minyabdi men piyoda qolibman
Boshim qotib o'tirsam do'stim keldi yonimga
Uning ajib taklifi oro kirdi jonimga
Biring ikki bo'lmaydi g'isht qo'yib nasiyaga
Oshna menga sherik bo'l ketamiz Rassiyaga
Kelib neksiya olamiz baland uylar solamiz
Bittadan molni sotib samalyotga o'tirdik
Go'yoki afsonaviy pul yurtiga ketardik
Yetib bordik tavakkal ana hayot boshlandi
Eshshak kabi ishladik ko'zlarimiz yoshlandi
Davomi bor ....
https://www.youtube.com/watch?v=yngyDfomSZ8
https://www.youtube.com/watch?v=Ly0LV8QcV0g
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9
Kelib neksiya olamiz baland uylar solamiz
Tinim bilmay ishlardik bir kun ochmiz bir kun to'q
O'tib ketdi olti oy to'vba puldan darak yo'q
Men do'stimga zorlandim yur vatanga ketamiz Birovga ishlagandan borib sabzi ekamiz
Arang chiqdik poyezdga poyez juda tor ekan
Biz o'tirgan ko'peda qozoq bollar bor ekan
Bor pulimiz 100 rubl ular shunga zor ekan
Kelib Toshkent shahridan neksiyaga o'tirdik
Yo'l kirani uyimizdan olib berishga ko'ndirdik
Angrenda choy ichib gap eshitdik povardan
Yuzimiz chidamadi qarz oldik shafyordan
Mahallaga kelganda sekin eshikni ochdik
Shafyor ham ul demadi tushdik u urra qochdik
Mana neksiya olasan baland uylar solasan
Qishlog'imni ko'rganda yuragim to'lib ketdi
Arengburgdan 1000 chandon go'zal ko'rinib ketdi
Chiqib fermer yeriga tinmay ketmon chopaman rassiyani pulini shu yerdayam topaman.