📋
Istiqlolga erishib Vatan
Yo‘lga chiqdi o‘zbek futboli
Xirosima maydonlarida
Zafar quchdi Temur o‘g‘loni.
Osiyoni zabt etib ular
Chiqmoq istab qoldi jahonga
Qo‘shin to‘plab jo‘nab qolishdi
Ovropaga, parij tomonga.
Parij yo‘li xop uzoq ekan
O‘tib oldi qozoq cho‘lidan
"Yo‘lbo‘lsin" deb qo‘ymadi arab
Qaroqchisi chiqib yo‘lidan.
So‘ngra koreys-yapon diyori
Chorladilar butun jahonni
Yana arab qaroqchilari
O‘tkazmadi O‘zbekistonni.
Orzulari so‘ndi o‘zbekning
Toptaldilar g‘ururi-ori
Kunchiqarga borolmay qoldi
Baland ekan xitoy devori.
Olmoniya,Ovropa yurti
Jo‘nab kettik yana bir karra
Dovonlar-u qirlardan oshdik
Yaqin qoldi biz uchun marra.
O‘zbeklarga ta‘sir qilmadi
Bahrainning nafasi, dami
Mirjalolning "oltin" zarbi ila
Bolta urib yapon hakami.
O, afrika qop-qora diyor
Issiq saxro, changalzor o‘rmon
Qonxo‘r timsox, ochko‘z yirtqichlar
Ko‘ptir unda qo‘rqinchli hayvon.
Quruqlikda yo‘l yo‘q o‘zbekka
Suv orqali yo‘l oldi ular
Qizil dengiz orqali jo‘nab
Bahrain da suvga cho‘kdilar.
Braziliya qahva yurti
Uyushtirdilar futbol sayli
O‘ynamasak o‘ynamabmizu
Qahva ichib qaytsak ham mayli.
Yana o‘zbek muxlislarining
Daryo bo‘lib oqdi ko‘z yoshi
O‘zbeklarni sharmanda qildi
Shoraxmedovning "oltin" boshi.
Ex, Rossiya bizga bir qadam
Yaqin yo‘ldir o‘zbeklar uchun
Muzqaymoq yeb ortga qaytishga
Fulbolchilar borolmas nechun
Nima bo‘ldi Rossiya yo‘li
So‘rab ko‘ring yoshu-qaridan:
Babayanning nag‘ma qilig‘i
Oshib tushdi bari-baridan.
Qatar yo‘li buncha xatarli
Yo‘lda ko‘pdir qopqon-u tuzoq
Kuper bobo to‘xtating, bo‘ldi
Karvon yo‘li siz uchun uzoq.
Vadim bobo Qatar siz uchun
Omadlidir, ishoning bizga
Milionlab o‘zbek muxlisi
Chin ko‘ngildan ishondi sizga.
⚽️ @ASILBEK ONE @
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев