Shifokor Appalon, Asklepiy,
Gigiyeya, Panakeya va butun
ma’budlaru ma’budalar nomi
bilan ularning guvohligida
o‘z kuchim va aqlimga mos
tarzda quyidagicha
qasamyodim qilaman hamda
yozma ravishda
tasdiqlayman: menga
shifokorlik san’atini
o‘rgatgan ustozlarimni o‘z
ota-onamdek ko‘raman,
butun borlig‘imni ular bilan
ham baham ko‘raman va
zarur bo‘lganida yordamimni
ayamayman; ularning
farzandlari mening qon-
qarindoshlarimdir va bu
kasbni, san’atni, agar ular
xohlashsa, hech qanday
moddiy manfaatlarsiz
o‘rgataman; ustozlik
qilaman, og‘zaki darslar va
barcha-barchasini o‘z
farzandlarimga,
ustozlarimning
farzandlariga,
shogirdlarimga majburiyatim
va tibbiyot qonunlariga
asosan o‘rgataman.
Bemorlarga o‘z aql-
zakovatimga tayangan holda
faqatgina ularga foydali
bo‘ladigan tavsiyalar
beraman, turli vijdonsizliklar
va ularga zarar keltirishdan
o‘zimni tiyaman. Hech kimga,
hatto so‘rasa ham, o‘lim
keltiruvchi vositani tavsiya
qilmayman va shu fikrga
yetaklovchi yo‘lni
ko‘rsatmayman; xuddi
shuningdek, ayollarning
sog‘lom homiladorligini
to‘xtatish uchun “yordam”
bermayman.
Hayotim va kasbimni toza
hamda sof o‘tkazaman. Hech
qachon tosh kasalligi bilan
og‘riyotgan bemorlarni
operatsiya qilmayman, shu
ish bilan shug‘ullanayotgan
odamlarni bu yo‘ldan
qaytaraman. Men har qanday
xonadonga faqatgina
bemorlarning foydasi
uchungina kiraman, bemor
xoh ayol yoki erkak, xoh qul
yoki ozod kishi bo‘lsin,
undan hech nimani tama
qilmayman.
Bemorni davolar ekanman
(muolajadan keyin ham),
uning shaxsiy hayotiga oid
ma’lumotlarni sir sanab,
hech qachon oshkor
qilmayman.
Hayotda va kasbimda baxt-
saodatga erishish uchun
qasamyodimni aslo
buzmayman, ontiga vafo
qilmaganlarga esa buning
aksi bo‘lsin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3