mahsulot
Atrofimizni turli taomlar
o‘rab olgan desak mubolag‘a
bo‘lmas. Chunki, hozirda
oziq-ovqat mahsulotlarining
turi shunchalar ko‘pki,
ulardan qay biri
salomatligimiz uchun foydali,
qay biri esa salomatlik
uchun xavfliligini bilish
ancha mushkul. Aynan shu
xususida « Turfaolam»
onlayn nashri qiziqarli va
foydali maqola chop
etishgan ekan. Albatta, bu
maqola sizga ham
asqotishini bilgan holda
saytimizda siz uchun qayta
chop etdik.
Quyida e’tiboringizga eng
zararli mahsulotlarning 10
tasi haqida ma’lumot berib
o’tilgan.
1. Chipslar va kartoshka-fri
Kartoshka qanday
ko‘rinishda tayyorlanishidan
qat’i nazar, bu sabzavotning
o‘zi foydali mahsulot
hisoblanmaydi. Chipslar
shaklida esa unda tabiiy
moddalardn asar ham
qolmaydi. Faqat
kanserogenlar, yog‘lar,
aromatizatorlar va ta’mni
kuchaytiruvchi moddalar
qoladi, xolos. Chipslarni tez-
tez iste’mol qilish onkologik
kasalliklarni va semirishni
keltirib chiqaradi. Kartoshka-
fri haqida ham xuddi shuni
aytish mumkin.
2. Burgerlar va xot-doglar
Fast-fudning tez
tayyorlanishi va arzonligidan
tashqari boshqa biror bir
ijobiy tomonini ayta
olasizmi? Albatta, yo‘q. Och
qorinni to‘ydirish uchun
pishloq, sabzavotlar, salat
barglari va krevetkalardan
ham xuddi shunday
buterbrod tayyorlash
mumkin. Faqat unga qayla va
mayonez solmang.
3. Shirin gazli ichimliklar
Pufakchalarga boy bo‘yalgan
ichimlik suvda eritilgan
guashdan ko‘ra zararliroq.
Fast-fudni gazli suv bilan
tamaddi qilish kerak, degan
fikr mavjud, ammo bu unday
emas: gazli ichimliklar ochlik
hissini bo‘g‘adi va bu bilan
yana bir gamburgerni
yeyishga majbur etadi.
4. Mayonez va ketchup
So‘z do‘konda sotiladigan
mayonez haqida bormoqda.
Agar ushbu mahsulotni
iste’mol qilish to‘xtatilsa, ikki
haftadan keyin belingiz bir
necha santimetrga
kichrayganini sezasiz.
Mayonezning yoniga
ketchup va turli-tuman
qaylalarni ham qo‘shish
mumkin. Ularning tarkibida
aromatizatorlar, yog‘lar va
ta’mni kuchaytiruvchi sun’iy
moddalar bor.
5. Tuz va qand
Tuzni ham, qandni ham “oq
o‘lim” deyishlarini yaxshi
bilamiz. Tuz organizmdagi
suvning harakatiga to‘sqinlik
qiladi va keraksiz joylarda
to‘planib qoladi. Qand esa
ozishni xohlovchilarning
birinchi raqamli dushmani.
Biroq ushbu mahsulotlardan
butkul voz kechib ham
bo‘lmaydi, ammo agar
ovqatga kamroq tuz solinsa,
tuz bilan buzilmagan
mahsulotlarning tabiiy
ta’miga tezda o‘rganib qolish
mumkin. Qandni esa asalga
almashtirsa bo‘ladi.
6. Kolbasalar, dudlangan
mahsulotlar
Sosiskalar aynan nimadan
tayyorlanganini va ular
chiqarilganiga necha hafta
bo‘lganini kim biladi?
Go‘shtni tuzlash va dudlash
uni uzoqroq saqlash uchun
kerak xolos. Tabiiyki, vaqt
o‘tishi bilan ulardagi foydali
elementlar yo‘qoladi, ammo
kolbasada o‘limtik zahar
paydo bo‘lishi to‘xtamaydi.
Biroq siz buni sezmaysiz,
chunki unga turli
aromatizatorlar va ta’mni
kuchaytiruvchi moddalar
qo‘shilgan-da.
7. Tez tayyorlanadigan ugra
va pyure
Mol go‘shti, tovuq go‘shti,
krevetkalar, qo‘ziqorinlar va
qaylali spagetti –
paketlardagi mo‘’jizaviy
ovqatlarni ishlab
chiqaruvchilar ana shunday
shohona nonushta, tushlik
va kechki ovqatni taklif
etishadi. Aslida esa turli-
tuman ovqatga qo‘shiladigan
moddalardan iborat issiq
“miks”ga ega bo‘lamiz.
Bunday “kombikorm”
muntazam ravishda iste’mol
qilinganida organizmdagi
tizim buziladi. Organizm
ovqat va kaloriyalarni
olganday bo‘ldi-yu, biroq ular
moddalarning normal
faoliyati uchun haqiqatan
ham kerak bo‘lganidan juda
kam miqdorda olinadi.
Ozuqadan mahrum bo‘lgan
organizm miyaga SOS
signalini yuboradi va biz
yana ovqatlanishni
xohlaymiz. Ushbu ro‘yxatga
yana bir talay konservantlar,
stabilizatorlar,
quyuqlashtiruvchi moddalar,
emulgatorlar, bo‘yovchi
moddalar va ta’mni
kuchaytiruvchi moddalarni
ham qo‘shadigan bo‘lsak, bu
mahsulotda kimyoviy
moddalardan boshqa hech
narsa yo‘qligini tushunamiz.
8. Popkorn
Makkajo‘xorining o‘zi
salomalik uchun mutlaqo
xavfli emas. Ha, unda
uglevodlar va kraxmallar bor,
kaloriyasi ham oz emas –
100 gramm mahsulotda 330
kkal. Ammo uning tarkibida
biriktiruvchi moddalar va
yana bir talay foydali
moddalar, xususan, A, C, E
vitaminlari, tiamin, niatsin,
foliy kislotasi, temir, kaliy,
magniy, fosfor, rux
moddalari bor. Agar
popkorn shunchaki
qovurilgan makkajo‘xori
donlaridan iborat bo‘lganida
edi, eng zararli mahsulotlar
reytingidan o‘rin olmasdi.
Biroq unga yog‘, tuz, shakar,
karamelizatorlar, bo‘yovchi
moddalar, ta’mni
kuchaytiruvchi moddalar,
aromatizatorlar
qo‘shilganidan keyin
hammasi o‘zgaradi.
Aytganday, an’anaviy tuzli
popkorndagi tuz moddasi
shu darajada ko‘pki, bu
kamida qon bosimining
oshishiga va buyraklar
faoliyatidagi buzilishlarga
olib kelishi mumkin.
9. Spirtli ichimliklar
Bosh miya po‘stidagi
degenerativ buzilishlar,
jigarning shikastlanishi,
onkologiya, genetik
mutatsiyalar – bularning
hammasini odamlar yaxshi
biladi. Ichkilikka ruju qo‘ygan
kishilar odatda o‘rtacha
umrdan 10-15 yil kam
yashaydi. Yuqorida sanab
o‘tilgan kasalliklardan
tashqari, ularni psixikaning
buzilishi, depressiv holatlar
ta’qib qiladi. Barcha
suiqasdlarning uchdan bir
qismi va avtohalokatlarning
50% aynan mast holatda yuz
beradi.
10. Shokoladli batonchiklar
va chaynaladigan konfetlar
Ushbu mahsulotlarning
glikemik indeksi juda yuqori,
ya’ni ularning tarkibidagi
qand moddasi deyarli shu
zahotiyoq o‘zlashtiriladi.
Ularda asal va quruq
mevalardan farqli o‘laroq
birortayam foydali modda
yo‘q. Bundan tashqari,
yorqin rangli so‘riladigan
qandlar, shakar-qiyomli
konfetlar va chaynaladigan
marmeladlarni oziq-ovqat
mahsuloti deb atash ham
qiyin. Ular qand o‘rnini
bosuvchi moddalar,
stabilizatorlar, quyultiruvchi,
jelelovchi, bo‘yovchi
moddalar, emulgatorlar va
hokazolarning
aralashmasidan iborat.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев