bottimi deyman,
Pardoz andoz bilan o'chtimi izlar.
Surmalar siringgiz sottimi
deyman,
Qishlog'lardan chiqqan shaharlik
qizlar.
Qaramay yo'llarning baland
pastiga,
Orqada qolmay deb basma-
basiga,
Qadamlar tashlaysiz
shaharchasiga,
Qishlog'lardan chiqqan shaharlik
qizlar.
Kokillar qirqilib turmak qilindi,
Labdagi bo'yoqlar juda bilindi,
CHiroyli bo'lish ham ebi bilanda,
Qishlog'lardan chiqqan shaharlik
qizlar.
Yana nima tusar ko'ngillaringgiz,
Sizga havas qilar singillaringgiz,
Yarashmay qoldimi
sepkillaringgiz,
Qishlog'lardan chiqqan shaharlik
qizlar.
Axir deyishsa ham Kumushni
"andi".
Otabek jonidan ortiq sevgandi,
Sevsa boringgizcha sevsin
deymanda,
Qishlog'lardan chiqqan shaharlik
qizlar.
Siz menga singlimday, opamday
yaqin,
Yuz emas ko'ngillar bo'yalsin
oqqa.
Otanggiz tanimay qolmasin
tag'in,
Ko'ylak poycha kiyib boring
qishloqqa.
Qishlog'lardan chiqqan shaharlik
qizlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1