Vobkent minorasi— Buxoro viloyati Vobkent sh.dagi meʼmoriy yodgorlik (12-a.). Oʻn ikki qirrali supa asosga oʻrnatilgan gʻoʻla (quyi qismining diametri 6,19 m, yuqori qisminiki — 2,81 m) shaklida rangdor, pishiq gʻishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud boʻlgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Boʻrtma naqshli 10 belbogʻ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi bir-biriga oʻxshamaydigan qilib gʻisht terib naqshlangan, quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shaxs (Sadr Burhoniddin Abdulaziz II) ning nomi kufiyuslubida yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa ishlangan (diametri 3,66 m), gʻisht terib ishlangan 10 ravoq orasida 10 darcha hosil qilingan, darchalarning quyisi gʻisht panjara bilan toʻsilgan. Minoraning tashqi koʻrinishi koʻp jihatdan Minorai kalonga oʻxshaydi, lekin muqarnaslari ancha sodda. Minora supasi tuproqostida qolgan, qurilgan paytida uning bal. 2,3 m boʻlganini arxeologik tadqiqotlar koʻrsatadi. Minoran...ЕщёVobkent minorasi— Buxoro viloyati Vobkent sh.dagi meʼmoriy yodgorlik (12-a.). Oʻn ikki qirrali supa asosga oʻrnatilgan gʻoʻla (quyi qismining diametri 6,19 m, yuqori qisminiki — 2,81 m) shaklida rangdor, pishiq gʻishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud boʻlgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Boʻrtma naqshli 10 belbogʻ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi bir-biriga oʻxshamaydigan qilib gʻisht terib naqshlangan, quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shaxs (Sadr Burhoniddin Abdulaziz II) ning nomi kufiyuslubida yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa ishlangan (diametri 3,66 m), gʻisht terib ishlangan 10 ravoq orasida 10 darcha hosil qilingan, darchalarning quyisi gʻisht panjara bilan toʻsilgan. Minoraning tashqi koʻrinishi koʻp jihatdan Minorai kalonga oʻxshaydi, lekin muqarnaslari ancha sodda. Minora supasi tuproqostida qolgan, qurilgan paytida uning bal. 2,3 m boʻlganini arxeologik tadqiqotlar koʻrsatadi. Minoraning umumiy balandligi esa 40,3 m.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 2