Bu voqeaga ikki-uch yil bo‘lib qoldi. Qishki ta’tillda Samarqandga ketgan farzandlarimni sog‘inib, yo‘lga chiqdim. Toshkentdan chiqishda avtomobil bakni to‘latib benzin olgan edim. Qaytishda esa birorta zapravkada benzin yo‘qligini ko‘rib xavotirlana boshladim.
Sovuq, Urgutda uchqunlab turgan qor, Bulung‘urga yetganimda qalinlashdi. Aksiga olib benzin chirog‘i tinmay yonib-o‘chmoqda. Bu benzin deyarli tugadi, degani edi. Yo‘lda yurish qiyinlasha boshladi. Shunday bo‘lsa ham tezlikni 120-130 ga chiqardim.
Bolalarim, dada sekinroq haydang, deydi. Men esa tezroq haydab Jizzaxga yetib olishni mo‘ljallab turibman. Yo‘q bo‘lmadi. Bulung‘urdan o‘tgach, Yuqori nuqtada benzin tugadi. Bilasiz, bu joyda qish tugul yozda ham biror narsa topish qiyin.
Benzin yo‘q, moshina o‘chdi, tabiiyki, pechkani ishlatishning ham iloji yo‘q. Shu bois moshina ichi soviy boshladi. Men esa tinmay o‘zimni so‘kaman tavakkal qilib yo‘lga chiqqanim uchun.
Qor endi bo‘ralab yog‘a boshladi. Yo‘lovchi mashinalar deyarli ko‘rinmaydi yoki to‘xtamaydi. To‘xtagani ham gazdamiz deyishadi yoki yuring men bilan Jizzaxdan benzin olib qaytasiz deya maslahat berishadi. Men esa yo‘q deyman. Qanday qilib bolalarimni tashlab ketardim, axir.
Bir payt eskigina Jiguli qattiq signal berdi-da, ancha joyga o‘tib ketgach qaytib keldi. Undan to‘rt-besh nafar yigit tushib, vaziyatni angladi.
Davomi bor...
m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=54382148190213
m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=51850904404167&_premd=altGroupRestricted&tkn=6851
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев