Kelding raxmat bo'lib ko'ngilni hushlab,
Bu ojiz yo'limni Jannatga boshlab,
Axir endi kelganding qayga shoshyapsan,
Ketmoqdasan Ramazon ko'zlarim yoshlab.
Nafsimni jilovlab bo'lding sen qalqon,
Gunohkor bandangni kechir ey Rahmon,
Yana nasib qilarmu bundayin imkon,
Ketmoqdasan Ramazon ko'zlarim yoshlab.
Bir oyda qadringni sezdirib ketding,
Rabboniy rohatni baxshida etding,
Qalbimni nurlarga to'ldirgan eding,
Ketmoqdasan Ramazon ko'zlarim yoshlab.
Barakot, darajot, ulashgan kunlar,
O'tmoqda ming oydan azizli tunlar,
Sen yana kelasan g'animat kimlar,
Ketmoqdasan Ramazon ko'zlarim yoshlab.
Kutib Tangrim ul Laylatur Qadrni,
Davomiy qil ibodatni sabrni,
Umid qilib Firdavslaru ajirni,
Ketmoqdasan Ramazon ko'zlarim yoshlab.
Jannatning shavqida qalblarim to'lib,
Sen kelgan kuningdan baxtiyor bo'lib,
Endi sen o'zingga o'rgatib qo'yib,
Ketmoqdasan Ramazon ko'zlarim yoshlab.
Muallif : Akbarshox Obidjonov
(Andijonli Shoir)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев