Odatda kasallik belgilari sekin-astalik bilan, bir necha oylarda namoyon bo‘ladi, ular quyidagilar:
Mushaklar kuchsizligi, holsizlik alomatlari;
Ishtahaning pasayishi, tana vaznining kamayishi;
Arterial qon bosimning pasayishi, hushdan ketish;
Tuzlarga bo‘lgan ehtiyojning oshishi;
Qon tarkibida glyukoza miqdorining kamayishi (gipoglikemiya);
Ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi(diareya);
Bo‘g‘imlarda va mushaklarda og‘riq;
Qo‘zg‘aluvchanlik ortishi;
Depressiya;
Addisonik kriz belgilari
Ayrim hollarda kasallik belgilari to‘satdan, qisqa muddatlar ichida paydo bo‘ladi. Bunday holat addesonik kriz deb nomlanadi va quyidagi belgilar bilan yuzaga chiqadi:
Bel qismida, qorinda va oyoqlarda og‘riq;
Qaytalanuvchi qayt qilishlar va ich ketishlari, degidratatsiya (suvsizlanish);
Arterial bosimning pasayishi;
Hushdan ketish;
Qonda kaliy miqdorining ortishi (giperkaliyemiya).
Addison kasalligida qanday holatlarda shifokorga murojaat qilish kerak?
Quyidagi belgilar namoyon bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish kerak:
Teri qoplamining qorayishi (to‘qlashishi) – giperpigmentatsiya;
Kuchli holsizlik;
Tana vaznining sababsiz kamayishi;
Oshqozon ichak tizimidagi kamchiliklar: ko‘ngil aynishi, qusish, qorindagi og‘riqlar;
Bosh aylanishi va hushdan ketishlar;
Tuzga bo‘lgan talabning haddan ortishi;
Mushak, bo‘g‘imlarda kuchli og‘riq bo‘lsa.
Shifokor mutaxassislar yuqoridagi simptomlarning Addison kasalligiga tegishli yoki tegishli emasligini aniqlashda yordam beradi.
Addison kasalligi sabablari
Addison kasalligi sababi buyrak usti bezining po‘stloq qavati funksiyasining buzilishidir. Buning natijasida kotrizol va aldesteron gormonlarining organizmda yetishmovchiligi kelib chiqadi. Buyrak usti bezlari endokrin tizimining muhim qismi hisoblanadi. Ular bezlar bo‘lib, ikkala buraklarning ustida joylashadi va ikki qismdan tuzilgan: po‘stloq qismi va mag‘iz qismi. Buyrak usti bezining po‘stloq qavatida steroid gormonlar ishlab chiqariladi (sintezlanadi) – glyukokortikoid, mineroalokortikoid va androgenlar (erkaklik jinsiy gormoni).
Glyukokortikoidlar. Organizmda “yoqilg‘i” ishlab chiqarish qobiliyatiga javob beradigan gormon. Ovqatdan olingan energiyani qayta ishlash funksiyasini bajaradi. Shu bilan bir qatorda bu gormon yallig‘lanishga qarshi va antistress ta’sir ko‘rsatadi.
Mineralokortikoidlar. Bu guruh gormonlariga aldesteron kiradi. Uning vazifasi natriy va kaliyni balansini normada ushlab turish, arterial qon bosimini stabil ushlab turishdan iborat;
Androgenlar. Erkaklar organizmida ko‘proq, ayollarda esa kam miqdorda sintezlanadi. U gormon mushak massasiga, inson kayfiyatga ta’sir qiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Qandli diabetda ovqatlanish tartibi
Birlamchi buyrak usti bezining funksiyasi buzilishi va gormonlarning yetarlicha sintezlanmasligining sababi, ko‘p hollarda autoimmun jarayonlardir. Birlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligining boshqa sabablariga – tuberkulyoz (sil), buyrak usti bezining infeksion va onkologik kasalliklari, buyrak usti bezida qon quyilishlar kiradi.
Ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiliklariga sabab gipofiz bezidagi o‘zgarishlar bo‘la oladi. Gipofiz bezi adrenokortikotrop gormonlar sintezlaydi (AKTG), bu gormon esa buyrak usti bezi ishini stimullaydi. AKTG gormonining sintezlanishi buzilishi sog‘lom buyrak usti bezlaridan ham yetarlicha gormon ishlab chiqarmasligiga olib keladi.
Addison kasalligi kelib chiqishiga eng asosiy sabablardan biri, bemorlarning qabul qilayotgan kortikosteroid gormon prepratlarini qabul qilishni birdan to‘xtashidir, ya’ni ayrim surunkali kasalliklarni davolash uchun (astma yoki artrit) gormon preparatlar buyurilgan bo‘lsa, ularni qabul qilishni birdan to‘xtatish kerak emas.
Нет комментариев