Soch to‘kilishi insonning o‘z-o‘zini baholashida salbiy oqibatlar keltirib chiqarib, ularning shaxsiy hayotlarida omadsizliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kosmetik va farmasevtik firmalar kallikka qarshi preparatlar tayyorlash uchun ko‘p pul sarflashadi, shampunlar, mazlar, gellar, balzamlar kabi “mo‘jiza” narsalar sochlarni tez tiklaydi deb aytishadi. Ularning ko‘pchiligi hammaga ma’lum bo‘lgan tabiiy vositalarning kompleksi va kimyoviy moddalar aralashmasidan tayyorlangan bo‘ladi. Agar siz soch to‘kilishiga qarshi arzon va samarali, oddiy usullarni bilmoqchi bo‘lsangiz quyidagi maqola sizga yordam berishi mumkin.
Piyoz suvi yordamida soch o‘stirish
Nima uchun trixologlar ko‘pchilik shifobaxsh sabzavotlar ichidan piyozni foydali deyishmoqda? Nima uchun yoqimliroq hidga ega bo‘lgan sabzavotlar tavsiya etilmayapti? Hayron qolish kerakki, piyozning shu “yoqimsiz” hidi soch follikulalari uchun eng foydali jihati ekan. Piyozning bu o‘ziga xos hidi – oltingugurt elementining ko‘p saqlanishidan dalolat beradi, oltingugurt esa sochlar ildizi uchun foydasi juda katta. Boshqa hech qaysi mahsulot piyoz kabi ko‘p oltingugurt saqlamaydi.

Oltingugurt sochlarimizning elastikligi, mustahkamligi va silliqligini ta’minlovchi kollagen sintezi uchun kerak bo‘lgan elementdir. Bu element organizmda umuman hosil bo‘lmaydi, inson faqatgina ovqatlanish yo‘li bilan oltingugurtni o‘ziga qabul qiladi. Uning yetishmovchiligida teri quruqlashadi, tirnoqlar sinuvchan bo‘lib qoladi, sochlar to‘kiladi, chanqash hissi paydo bo‘ladi, umumiy holsizlik belgilari kuzatiladi.
Bundan tashqari piyoz o‘zida tabiiy keratin moddasini saqlaydi. Shuning uchun piyozning tabiiy suvini soch ildiziga surish to‘g‘ridan to‘g‘ri samara beradi. Ko‘pchilik shampunlar o‘zida keratin moddasini saqlaydi, lekin ularning qolgan komponentlari zararli emasligiga kim kafolat beradi?
Piyoz suvi har qanday etiologiyadagi soch to‘kilishida yordam beradi: yoshga bog‘liqligi, gormonal o‘zgarish, genetik, toksik bo‘lishidan qat’iy nazar. Regulyar va uzoq muddat (kamida 3 oy) piyoz suvidan foydalanish butunlay kal bo‘lganda ham yordam beradi.
Piyozga asoslangan davolovchi niqoblar
Piyozdan foydalanishdan avval quyidagilarni hisobga olish kerak:
Hafta yoki oyda bir marta muolaja o‘tkazish hech qanday foyda bermaydi. Bunda siz faqatgina oz muddatli ko‘z yoshi va bir necha kun ketmaydigan “yoqimli” hid kelib turishiga erishasiz, xolos. Muolajani har kuni kamida 2 oy davomida o‘tkazish kerak.
Piyoz hidi sochlarga suv tekkanda kuchayadi. Sochlaringiz quruq holda piyoz hidi kelmaganidan qat’iy nazar., terlaganingizda va yomg‘ir ostida qolganingizda ularning hidi keladi. Piyozning o‘zini boshda qoldirishdan ko‘ra uning sokidan foydalanish hidlarning kam kelishini ta’minlaydi.
Piyozdan tayyorlangan maskalar boshda 30 daqiqadan ko‘p turishi tavsiya qilinmaydi, chunki siz bosh teringizni kuydirib olishingiz mumkin.
Endi piyoz asosida tayyorlanadigan niqoblar haqida to‘xtalamiz:
Oddiy piyoz suvi. Birinchi bo‘lib, kichik sochiq oling, uni bug‘da biroz ushlab turing, u nam bo‘lsin. Piyozni oling va blendr yoki qiymalagichdan o‘tkazing, ajralgan sokni boshingizga sekin asta surting va biroz massaj qiling. So‘ngra nam sochiqni boshingizga yoping va yarim soat kuting. Keyin esa boshingizni toza suv bilan yuvib tashlang.
Piyoz va qalampir nastoykasidan tayyorlangan niqob. Niqob tayyorlash ketma-ketligi yuqoridagi kabi, faqat qalampir nastoykasidan bir pipetkani to‘laligicha qo‘shish kifoya. Qalampir nastoykasini dorixonalardan topsangiz bo‘ladi. U soch ildizlarini stimullovchi xususiyatga ega bo‘lganligi sababli butunlay kallikda ham foyda beradi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Qon bosimi tushganda tabiiy retseptlar
Sarimsoq va oddiy piyoz arlashmasidan tayyorlangan niqob. Bir bosh piyozga 2 bo‘lak sarimsoq qo‘shib, uni blendr yoki qiymalagichdan chiqazing va boshingizga surib, 30 daqiqaga qoldiring. Bu muolaja faqatgina soch to‘kilishiga emas, balki qazg‘oqlarni ham yo‘qotadi. Sarimsoq va piyoz tarkibidagi tabiiy antibiotik –“fitonsid” sochlarda qazg‘oq hosil qiluvchi zamburug‘larni o‘ldirish xususiyatiga ega.
Piyoz, asal va tuxumdan tayyorlangan niqob. Soch to‘kilishiga vitaminlar yetishmasligi ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu aralashma foydasi katta. Bir bosh piyozni olib, uni qiymalagichdan chiqazing, 3 choy qoshiq ozgina eritilgan asal va bitta xom tuxumni qo‘shing. Hosil bo‘lgan aralashmani boshingizga suring va 30 daqiqaga qoldiring. So‘ngra bolalar shampuni bilan boshingizni yuving, chunki asalni ketgazish uchun bolalar shampuni yaxshiroq foyda beradi. Muolajani haftada 2 -3 bor o‘tkazish tavsiya etiladi. Qolgan kunlari oddiy piyozdan foydalangan ma’qul.
Quruq sochlar uchun piyoz, kokos moyi va pivodan tayyorlangan niqoob.Agar soch to‘kilishi ularning sinishi, qurishi, terida qichishishlar bilan kechayotgan bo‘lsa, haftasiga 2-3 bor ushbu muolajani o‘tkazing: ikki bosh piyozni olib, uni qiymalagichdan chiqazib unga 1 oshqoshiq kokos moyi qo‘shing va yarim stakan pivo aralashtiring. Hosil bo‘lgan maskani boshingizda 30 daqiqaga qoldiring, so‘ng boshingizni yengil shampun bilan yuvib tashlang.
Piyozning yoqimsiz hiddan qanday qutulish mumkin?
O‘zingiz hal qiling, xushbo‘y hid taratib yurish yoki sog‘lom sochlarga ega bo‘lish, sizga qaysi biri ma’qul Albatta, ko‘pchilik xushbo‘y hid deydi. Lekin sochlar to‘kilishida piyoz eng foydali usuldir. Agar kichik bir sirni bilsangiz yoqimsiz piyoz hididan oson qutulasiz. Qisman yoki butunlay hiddan qutilishning 3 ta yo‘li bor:
Xushbo‘y hidga ega moylardan bir necha tomchi qo‘shish: yong‘oq, apelsin, shalfey kabi o‘simlik moylari yoqimsiz hiddan qutilish va sochlarga jilo berish uchun ishlatish mumkin.
Kosmetik loylardan foydalaning: kosmetik loylarni muolajadan so‘ng 30 daqiqaga boshingizda qoldiring. U o‘ziga hidni tortib oladi.
Olma sirkasidan foydalaning: 9 % li olma sirkasining 1 oshqoshg‘ini 1 litr suvga aralashtirib, sochlarni ushbu aralashmada 5 daqiqa davomida ushlab turing, lekin suv bilan yuvib tashlamang.
Soch to‘kilishida dengiz tuzi (morskoy sol) bilan muolaja
Bu usul qadim zamonlardan beri ma’lum va ancha samarali hisoblanib kelingan. Oddiy tuzning soch follikulalarini stimullashi va ularning o‘sishida roli katta. Lekin shuni ham qayd etish kerakki, oddiy mayda tuzlar foyda bermasligi mumkin, tuzning hajmi uning kristallari va kimyoviy tarkibiga ham bog‘liq. Tabiiy dengiz tuzi sochlarga quyidagicha ta’sir qiladi:
Tuz bilan massaj qilayotganingizda tuz kristallari terining muguzlanuvchi qavatini ko‘chiradi va yangi epidermis hosil bo‘lishini tezlashtiradi;
Tuzli eritma boshda qolib ketgan kosmetik qoldiqlarni, chang va kirlarni tozalab ketadi;
Tuz bilan massaj qilish teridagi poralarni ochadi, qon aylanishini yaxshilaydi va boshqa muolajalarning teriga singishini tezlashtiradi;
Dengiz tuzi tarkibidagi xlor va yod antibacterial xususiyatga ega va mikroblarni yo‘q qilib, qazg‘oq hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Dengiz tuz bilan davolashning muhim jihatlari va nojo‘ya ta’sirlari
Нет комментариев