Предыдущая публикация
Labingizni sog‘inib ketdim.
O‘ylab-o‘ylab zo‘rg‘a topilgan,
Gapingizni sog‘inib ketdim.
Xijroningiz qilganda xomush,
Sizni faqat tush ko‘raman tush,
Ey, va’dasi osmonimda qush,
Lafzingizni sog‘inib ketdim.
Tog‘lar oshib borolmay qoldim,
Tosh yo‘llarga yarolmay qoldim,
Ko‘zingizga qarolmay qoldim,
Qalbingizni sog‘inib ketdim.
Muhabbatning dardida ojiz,
Qolganimni qilganimda xis,
Siz ko‘rgani keling yahshi qiz,
Qaddingizni sog‘inib ketdim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев