Yana men keldim. Havotir olmang, maktabdan chiqdimu, keldim. Onalar ham dadalar kabi havotir olishadimi bilmadim, ammo sinifdoshim Ali: "agar maktabga bormasam, onamni juda jahli chiqadi" degandi. Shuning uchun maktabga borganimni aytyapman.
Oʻtgan hafta oʻqituvchim, oʻng qoʻlimda olma bor, chap qoʻlimda behi, deb oʻng va chapni oʻrgatdi.
Endi oʻngim qayer, chapim qayer menham bilaman. Ogʻriyotgan joyim qaysi taraf ekanini ham bilib oldim.
Oʻtgan safar kelganimda "shu yerim ogʻriyapti onajon" deb koʻrsatgandimku, ammo aytolmagandim. Chap yonim, yuragim ogʻriyapti onajonim...
Ham har kuni ogʻriyapti onajonim....
Kecha ertalab Oyshani maktabga onasi olib keldi. Sochlarini oʻrib qoʻyibdi, maktab yoniga kelib yuzlarini oʻpib "qani qoʻzichogʻim maktabinga kir" dedi, sochlariga lenta ham taqib qoʻyibdi.
Yigʻladim, hech uyalmay yigʻladim...
Oʻqituvchimiz, nima boʻldi? Dedi.
Yiqilib tushdim, tizzam juda ogʻriyapti dedim, yolgʻon gapirdim, aslida "chap yonim" ogʻrigandi...
Bugun men ham sochim chiroyli oʻrilishini hohladim...Dadam oʻrib qoʻydi, ammo siznikiday chiqmadi.
Lenta taqishni hohladim,dadam men bilmayman qizim dedi...
Meni maktabga olib borib qoʻying dedim, "qizim ish......" dedi, menga nima deb yigʻladim. Ahir qizim non topishim kerak dedi, indolmay qoldim...
Jim boʻldim,ammo maktabga ketarkan rosa yigʻladim...
Yana "chap tarafım ogʻridi" .....
Onasi tiriklar, qadriga yeting vaqt keladi, izini ham topolmay qolasiz...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев