Mazasi hayratda qoldiradigan darajada bo'lsa-da, uning tayyorlanishi juda oson. U ham ikki tomonlama foyda. Birinchidan, quvvatlantiradi, ikkinchidan, asabni tinchlantiradi.
Kerakli masalliqlar: 10 dona tuxum, 100 gramm pishloq, 5 dona shampinon qo'ziqorini, 2 osh qoshiq mayonez va bir bog' ko'k piyoz.
Tayyorlanishi:
1. Tuxumni qaynatib soviting va po'chog'idan ajrating.
2. Qo'ziqorinni mayda to'g'rang va qizdirilgan yog'da 15 daqiqa qovuring. Uning qovurilishiga ozgina qolganda mayda to'g'ralgan ko'k piyoz qo'shing.
3. Pishloqni mayda qirg'ichdan o'tkazib, mayonez bilan aralashtiring.
4. Tuxumlarni uzunasiga ikkiga bo'ling va sarig'ini ajratib olib, mayda qirg'ichdan o'tkazing.
5. So'ng tayyorlangan mayonezli pishloq, qo'ziqorin va qirg'ichdan o'tkazilgan tuxum sarig'ini bitta idishga solib, avaylab aralashtiring.
6. Barcha masalliqni aralashtirib bo'lgach, undan bir tuxum sarig'idan kattaroq hajmda olib, tog' shaklida qilib, tuxum oqiga joylab chiqing va uning ustiga oz-ozdan ko'kat sepib qo'ying.
Qarabsizki, farshli tuxum gazagi tayyor.
🥗 @Pazzanda 🥗
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев